Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Naxichevonda tug'ilgan, ammo umrining katta qismini O'zbekistonda yashab, ijod qilgan. Ozarbayjon xalqini o'zbek adabiy muhiti bilan yaqindan tanitishda fidoyilik ko'rsatib kelmoqda. U ko'plab o'zbek shoirlari, adiblarining asarlarini ozarbayjon tiliga o'girgan. Xususan, yaqinda Sirojiddin Sayyidning 'Vaqt haykali' kitobini tarjima qilgan. Shoir xalqimizning shonli tarixi va O'zbekistonning so'nggi yillardagi yutuqlaridan, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlardan ilhomlanib yozilgan 'O'zbek kelayotir' qasidasi bilan ham mashhurdir.
Uchrashuvda Akif Bag'irov yuksak hurmat va minnatdorlik ramzi sifatida Prezidentimizga o'zi ozarbayjon tilida tayyorlagan 'Shavkat Mirziyoyev fenomeni' kitobini taqdim etdi.
Kitobdan siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning 'Mening Prezidentim' va 'Millatparvar' kitoblaridan saralab olinib, shoir tomonidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan publitsistik esselar o'rin olgan. U davlatimiz rahbari boshchiligida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan asosiy islohot va o'zgarishlarga bag'ishlangan. Unda Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatning asosiy yo'nalishlari, jumladan, iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ijtimoiy sohani yaxshilash va O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash masalalari yoritilgan.
Prezidentimiz shoirga o'zbek adabiyotini Ozarbayjonda ommalashtirish va ikki davlat o'rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo'shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Kelajak bilan yuzma-yuz
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligidagi 'Maʼrifat ulashib' loyihasi joylarda tahsil olayotgan yoshlarimiz qalbida ezgulik va bunyodkorlik tuygʻularini uygʻotishda muhim omil boʻlmoqda. Koʻnglimizda ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun Fargʻona viloyatidagi bir qancha oliy oʻquv yurtlarida muloqotlar oʻtkazishga musharraf boʻldik. Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti tashkil etilganiga uch yil boʻlibdi. Ushbu dargoxda sifa
Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili
Sirdaryoda 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etdi
Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etil. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.'2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3
Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili qanday vakolatlarga ega boʻladi?
'Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida'gi Qonun (OʻRQ-1002-son, 15.11.2024-y.) imzolandi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qayd etish kerakki, Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini tartibga soladi.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs hisoblanadi. Shuningdek, u davlat organlari, shu juml