calendar 20 Nov 01:37
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili qanday vakolatlarga ega boʻladi?

image
'Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida'gi Qonun (OʻRQ-1002-son, 15.11.2024-y.) imzolandi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.

Qayd etish kerakki, Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini tartibga soladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs hisoblanadi. Shuningdek, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

Ombudsman faoliyati qonuniylik, mustaqillik, adolatlilik, insonparvarlik, kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, xolislik va ochiqlik kabi asosiy prinsiplardan iborat boʻladi.

Qonunga koʻra, saylanish kuni 30 yoshga toʻlgan, kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Ombudsman lavozimiga saylanishi mumkin.

Qonun bilan Ombudsman Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5-yil muddatga saylanadi va ayni bir shaxs Ombudsman lavozimiga surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylanishi mumkin emasligi belgilandi.

Ombudsman siyosiy partiyaga aʼzolikni yoki unda ishtirok etishni oʻz vakolatlari muddatiga toʻxtatib turishi yoxud tugatishi shart boʻlib, shuningdek, ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.

Shuningdek, Ombudsman fuqarolarning shikoyatlari asosida oʻz tekshiruvini oʻtkazish huquqiga egaligi belgilandi

Qonunga koʻra, Ombudsman fuqarolarning, respublika hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqadi hamda oʻz tekshiruvini oʻtkazish huquqiga ega.

Bundan tashqari, Ombudsman murojaat etuvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlib qolgan paytdan eʼtiboran yoki boshqa vositalardan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan boʻlsa, uning shikoyati boʻyicha oxirgi qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir yil ichida berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi.

Ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma Ombudsmanning taʼsir choralari hisoblanadi. Inson huquqlari boʻyicha vakil qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.

Shuningdek, Ombudsman va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻlovchilar transportida (bundan taksi va shahar yoʻlovchilar transporti mustasno) imtiyozli yurish huquqiga ega.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
35
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvada oʻtayotgan MDH sammitida ishtirok etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Moskva shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.

10 Oct 11:12
 
36
0
xs.uz

Fargʻona viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Sherzodjon Fazlitdinovich Polvonov Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati'xabar bermoqda.Qayd etilishicha, Sherzodjon Polvonov mazkur lavozimda mart oyidan buyon ishlab kelgan va oʻz arizasiga koʻra lavozimidan ozod etilgan Sherzod Rahimov oʻrnini egallagan.Maʼlumot uchun, Sherzodjon Polvonov 1987-yilda Rishton tumanida tugʻilgan. Fargʻona politexnika instituti hamda Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (magist

18 Nov 04:58
 
9
0
xs.uz

Ayrim fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Qonunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda:

09 Oct 12:39
 
32
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk