Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi
Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, mazkur huquqiy normani yangi tavsifiy belgilar bilan toʻldirish, yarashuv institutiga kiruvchi maʼmuriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish belgilanmoqda.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirdi.
Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslardan yoʻqolgan ID-kartasini almashtirishda davlat boji undirilmaydi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonunga koʻra, 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, 'Inson' ijtimoiy xi

Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Ushbu kunlarda Respublika hududida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.Toshkentda ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.Harorat asosan kechlari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 16-noyabrda 11-13 daraja iliq, 17-noyabrda 14-16 daraja iliq boʻladi.
Namanganda sayyohlik xizmatlari eksporti 190,8 million dollarga yetdi
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Oʻzining goʻzal tabiati, uzoq tarixga ega osori-atiqalari bilan sayohat ishqibozlarini chorlab kelgan Namanganda bugun 300 ga yaqin turistik manzillar faoliyat koʻrsatmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida ularga yetti millionga sayyohlar tashrif buyurib, xizmatlar hajmi 370 million AQSH dollaridan ortdi. Ushbu koʻrsatkichning 190,8 million dollari 600 mingga yaqin xorijiy fuqarolar hissasiga toʻgʻri keladi.Aytish lozimki, sohani rivojlantirishning istiq