Namanganda sayyohlik xizmatlari eksporti 190,8 million dollarga yetdi
Aytish lozimki, sohani rivojlantirishning istiqbolli rejalari ijrosi bilan gullar shahri va tumanlardagi jozibador maskanlarga kelayotgan sayyohlar oqimi jadal oʻsib bormoqda.
Kecha viloyat markazidagi 'Atour' mehmonxonasida tashkil etilgan xalqaro turizm yarmarkasida hudud sayyohlik salohiyati yana bir bor namoyish qilindi. Unda 60 ga yaqin mahalliy va xorijiy vakillar, shuningdek, soha yoʻnalishida tahsil olayotgan 50 dan ortiq yoshlar hamda hunarmandlar ishtirok etdi. Germaniya, Shveysariya va Avstriyadan kelgan 9 ta yirik turbiznes vakillari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Oʻzbekiston hududlarida barqaror iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash loyihasi doirasida tadbirda qatnashdi.
' Tadbirning asosiy maqsadi yevropalik sayyohlarni jalb etishga qaratilgan boʻlib, yurtimiz manzaralari, xususan, yangi sayyohlik lokatsiyalari bilan tanishtirishga alohida eʼtibor qaratildi, ' deydi viloyat hokimining oʻrinbosari Botir Nuriddinov. ' Pirovardida, xorijlik turoperatorlar oʻz sayyohlari uchun yangi yoʻnalishlarni tanlab olishdi. Ularning koʻpchiligi joriy yilning 21-23-noyabr kunlari poytaxtda oʻtkaziladigan navbatdagi 'Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi' davomida oʻzaro shartnoma va memorandumlar imzolash niyatida ekanligini bildirishdi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, viloyat turizm boshqarmasi nafaqat mehmonlarga xizmat koʻrsatish bilan cheklanib qolmasdan Namangan ahlining boshqa manzillar, xususan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm shaharlariga sayohatini tashkil etish borasida ham izchil ish olib boryapti. Joriy yil boshidan buyon ikki milliondan koʻproq kishi ayni respublikamiz shaharlariga sayohatga yuborildi.
Buxoroda saksovul oʻgʻrilari 25 mln soʻm toʻlaydigan boʻldi
Buxoro viloyatida oʻtkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari choʻl hududlaridan saksovul oʻsimliklari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Olib borilgan reyd tadbirlarda Romitan tumanida tabiatga 6,2 mln soʻm zarar yetkazilgani aniqlangan va huquqbuzarlik boʻyicha 2 nafar fuqaroga 18,7 mln soʻm jarima belgilandi (jami 24,9 mln soʻm).Olot tumanida esa tabiatga 5,2 mln so
Prezident Senat oldida qanday dolzarb vazifalar turgani yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi
Yangilangan Konstitutsiyamizda Senat bilan Qonunchilik palatasi vakolatlaridagi takroriy holatlar bartaraf etilib, ularning har biriga tegishli vazifalar aniq koʻrsatildi.Senat qonunlarni muhokama qilishda yangicha mexanizmlarni joriy etishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.Ayniqsa, qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy kengashlarni keng jalb etish, har bir qonun boʻyicha ularning fikrini olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega.Hududlarning oʻziga xos xususiyat va imkoniyatlar
Tuman va shaharlar byudjetlari daromadi oshiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev maʼlum qilgan
Yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy kengashlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ilk bor koʻrib chiqib, maʼqulladi.Xalqimiz deputatlardan bu dasturlardagi vazifalar ijrosi boʻyicha deputatlik va kengash nazoratini amalga oshirishda faol va tashabbuskor boʻlishni kutmoqda.2025-yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning oʻzida qoldirish rejalashtiri
Hayot uchun joy ajrating!
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyatida ana shu shior ostida ekoaksiya oʻtkazildi. Unda hududlarni chiqindilardan tozalash, obodonlashtirish, jamoatchilik orasida ekologik madaniyatni shakllantirish ishlari amalga oshirildi.' Shu bilan birga yoshlar orasida tabiatni asrash, avaylash mavzusidagi targʻibot tadbirlari ham boʻlib oʻtdi, ' deydi Andijon viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimi Lochinbek Isomiddinov. ' Qatnashchilarga atr