calendar 11 Nov 03:17
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kelajak bilan yuzma-yuz

image
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligidagi 'Maʼrifat ulashib' loyihasi joylarda tahsil olayotgan yoshlarimiz qalbida ezgulik va bunyodkorlik tuygʻularini uygʻotishda muhim omil boʻlmoqda. Koʻnglimizda ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun Fargʻona viloyatidagi bir qancha oliy oʻquv yurtlarida muloqotlar oʻtkazishga musharraf boʻldik. Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti tashkil etilganiga uch yil boʻlibdi. Ushbu dargoxda sifatli taʼlim uchun yaratilgan sharoitlar xammaning havasini keltiradi. Bu yerda taʼlim olayotgan talabalar bevosita uchrashish, ular bilan bugungi davr talablariga munosabat bildirish hamda suxbatlashish dilimizni ravshan qildi, desak ishonavering. Oʻquv yurti hovlisiga qadam qoʻyganimizda 'Vatanim- faxrim, universitetim- gʻururim' degan yirik yozuvga koʻzimiz tushdi. Yoshlarga maʼrifat inson hayotida qanchalik muhimligini tushuntirish, Yangi Oʻzbekiston sharoitida hayotga yangicha qarash zarurati xaqida soʻz ketdi. Ehtimol, moddiy neʼmat hisobiga nimalargadir erishish mumkindir, lekin har qanday qudratli kuch oʻtgan vaqtni qaytara olmaydi. Shunday ekan, talabalik davrini hech narsa bilan baholanmaydigan vaktning qadriga yetish, uni maʼno va mazmun bilan boyitish lozimligi uqtirildi. Qiziq hol: talaba 'aʼlo' va 'yaxshi' baholarga oʻqishi mumkin, lekin ishlab chiqarishga borganda mustaqil ishlashda qiynalib qolyapti. Nega shunday boʻlmoqda? Maʼlum boʻlishicha, oliy oʻkuv yurtida asosan nazariy bilimlar bilan cheklanib qolishmoqda. Bunday vaziyatdan chiqish yoʻli bormi? Bor. Bugungi zamon 'Dual taʼlim'ni joriy etishni talab qilmoqda. Talaba boʻlajak mutaxassis. U oʻqish davrida amaliy mashgʻulotlarda tayyor mutaxassis darajasiga koʻtarilishi kerak. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murrabiysi, professor Bahodir Karimovning yoshlarga kitobga muhabbat ruhini singdiruvchi suhbati davra ahlida jonlanish hosil qildi. Ustozning har bir qalbda ishtiyoq uygʻotuvchi nutqi koʻplab talabalarda 'Yosh kitobxon' tanlovida qatnashish istagini uygʻotdi. Oʻzbekiston Prezidentining quyidagi soʻzlari suhbatimizga alohida mazmun baxsh etdi. 'Yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan birga doʻst boʻlishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozim.' Oliy oʻquv yurtidagi talabalarning qanchalik zamonga munosibligi bu yergacha maktabda qanday taʼlim olishiga bogʻlik, albatta. Shu maqsadda Fargʻona shahridagi 7-, 26-, 29-va 32-maktablarda boʻldik. Ushbu maktablarda keyingi yillarda anʼana boʻlgan musobaqa ' oliy taʼlimga qabul qilingan yoshlar foizi koʻrsatkichi tobora oshib bormoqda. Yaxshi bilim olish, Vatan va xalq kutgan insonlar boʻlib voyaga yetishish har bir yoshning dilida joʻsh urayotgan orzu ekan. Maktab binosining atrofida yaratilgan bogʻ, gulzorlar koʻngillarga orom baxsh etadi. ' Bu suhbatlardan yoshlarimiz juda yaxshi motivatsiya olishdi, -deydi 26-maktab direktori Abdumoʻmin Nabiyev. 'Sizlarning tashriflaringiz oʻquvchilarimizning bilim olishga ishtiyoqini har qachongidan oshirib yubordi. Shunday tadbirlar qancha koʻpaysa, juda yaxshi boʻlar edi. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutidagi uchrashuvlarimiz ham juda maroqli oʻtdi. Bu yerda talabalarning sifatli taʼlim olishlari uchun yuksak sharoitlar yaratilgan. Shu oʻquv yili boshida foydalanishga topshirilgan yangi bino chin maʼnoda Yangi Oʻzbekiston ramziga aylanibdi. Koʻrkam xonalar, yorugʻ koridorlar chinnidek ozoda. Biz bilan birga kelgan shoir Dilmurod Doʻst talabalar ruhiga mos sheʼrlarni oʻqiganda tinglovchilar yuz-koʻzlari tabassumdan yorishib ketdi. Mushoirani universitet talabalari davom ettirishdi. Margʻilon shahridagi Erkin Vohidov nomli ijod maktabida boʻlganimizda chinakam ijod olamiga kirib kelgandek boʻldik. 'Maktabimizga xush kelibsiz!' degan lutfni yetti tilda izhor etishdi. Turli xonalardagi holatlarni bizga oʻqituvchilar emas, shu maktab oʻquvchi qizlaridan biri burro tilda gapirib berdi. Majlislar zalida bir guruh qizlar oʻzlari yozgan sheʼrlarni yoddan oʻqishdi. Odatda, maktablarga borganimizda oʻzimizning oʻquvchilik paytlarimiz, yaqin oʻtmish manzaralari yodimizga kelar edi. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida esa koʻz oʻngimizda kelajak namoyon boʻldi. Muloqotlar davomida yoshlar ruhida ajib oʻzgarishlar roʻy bergan boʻlishi mumkindir. Lekin bunday diydorlashuv xalq ichida yaqinlik tufayli bizning ham hayotga qarashlarimizni oʻzgartirib yubordi. Inson bu dunyoda yashashdan maqsad nima, degan savol oʻrtaga tashlandi. Hayot mobaynida oʻzgalarga yaxshilik qilish, yoshi ulugʻlarning duosini olish, umrdan iz qoldirish tabiat sarvari boʻlmish insonning matlabi ekanligi aytildi. Suhbatlar faqat bir tomonlama boʻlmadi. Uchrashuv qatnashchilari'yoshlar ham suhbatga faol koʻshildilar. Adabiy qahramonlar ibrati xaqida soʻz ketdi. Nodar Dumbadzening 'Abadiyat qonuni' romanidagi Bachana Ramishveli monologi esga olindi. Unda asar qahramoni shifoxona bosh shifokoriga shunday degan edi: 'Kasalxonangizda yotib men abadiyat qonunini kashf etdim. Insonning yuragi oʻzidan toʻrt barobar ogʻir ekan. Uni doim koʻtarib yurish uchun men sizni, siz yana kimni, u meni'xullas, hamma bir-birini qoʻllab-quvvatlab turishi kerak ekan. Abadiyat qonuni shu!'. Demak, talabalar ham bir-birlariga xayrixoh boʻlib, atrofdagilarga yaxshilik qilishi kerak, degan xulosaga kelindi. Har bir oliy oʻquv yurtida boʻlganimizda daraxt oʻtqazish marosimida qatnashdik. Bu bilan yurtimizda 'yashil makon' yaratish ishiga hissa qoʻshdik. Pirovardida bu daraxtlar yaxshi manzara va hosil berishi haqida istak bildirdik. Shuhrat Jabborov 'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:48
 
29
0
xs.uz

Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekaylik

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Prezidentimiz 'Yashil makon' milliy loyihasini amalga oshirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishda daraxtlarning ahamiyati, ularni nomiga ekishga yoʻl qoʻyish kerak emasligi haqida gapirdi. 'Yashil makon' nomiga emas, oʻzimizning hayotimiz, oʻpkamiz tozaligiga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak.Videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyatida ham zarur chora-tadbirlar belgilanib, shu asosda

25 Sep 13:14
 
37
0
xs.uz

Kredit tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlariga oid yangi Qonun qabul qilindi

'Kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi Qonun (OʻRQ-964-son, 20.09.2024-y.) qabul qilindi. Qonunga koʻra, Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlash belgilanmoqda. Shuning

18 Nov 04:58
 
5
0
xs.uz

O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stligining yana bir ifodasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o'ziga ajratilgan qarorgohda ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bag'irovni qabul qildi.Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Naxichevonda tug'ilgan, ammo umrining katta qismini O'zbekistonda yashab, ijod qilgan. Ozarbayjon xalqini o'zbek adabiy muhiti bilan yaqindan tanitishda fidoyilik ko'rsatib kelmoqda. U ko'plab o'zbek shoirlari, adiblarining asarlarini ozarbayjon tiliga o'girgan. Xususan, yaqinda Sirojiddin Sayyidning 'Vaqt haykali' kit

18 Nov 04:58
 
4
0
xs.uz

Xizmatda jarohatlangan harbiylar moliyaviy himoyaga ega boʻladi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan harbiy xizmatchilar va maxsus unvonlarga ega xodimlar uchun davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu nizom davlat xizmatida yaradorlik yoki nogironlikka duch kelgan harbiy xizmatchilarga sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirishni belgilaydi. Hujjat 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan. Bu haqda 'Norma.uz' xabar berdi.Nizomga koʻra, sugʻurtalangan shaxs favqulodda holatlarda yoki harbiy xizmat davomida