calendar 29 Oct 20:49
eye 20
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

image
Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila aʼzolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlangan.

Saylovda beshta: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati ' Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, 'Milliy tiklanish' demokratik partiyasi, Ekologik partiya, Xalq demokratik partiyasi hamda 'Adolat' sotsial-demokratik partiyasi ishtirok etmoqda. Bu muhim voqea 'Mening tanlovim ' obod Vatanim' shiori ostida, rivojlangan ijtimoiy-siyosiy muhitda oʻtmoqda.

Oʻzbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, yaʼni majoritar-proporsional tizim asosida oʻtkazilmoqda. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, yaʼni saylovchilar oʻzlariga maqbul nomzodlarga ovoz berishi yoʻli bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi.

Saylov qonunchiligi ilgʻor demokratik standartlarga mos ravishda tubdan takomillashtirildi. Jumladan, saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi, jamiyat hayotida xotin-qizlarning rolini oshirish maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar koʻrsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz boʻlishi belgilandi.

Joriy yilgi saylovlarning yana bir eʼtiborli jihati ' bu jarayon ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlari toʻliq raqamlashtirilgan holda 'E-Saylov' axborot tizimi orqali amalga oshirilganida namoyon boʻldi. Mazkur axborot tizimi saylovlarning ochiqligini yuqori bosqichga olib chiqdi.

Mamlakatimizdagi saylovlar yuqori demokratik tamoyillar asosida, ochiq va shaffof tarzda oʻtmoqda. Fuqarolar ham amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga xayrixoh boʻlgan holda saylovlarda faol ishtirok etishmoqda.

Davlatimiz rahbari 59-saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi. Xorijiy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham muloqot qildi. Ular saylovlar ochiq, yuqori saviyada oʻtayotganini, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshganini taʼkidlashdi.

Nuroniylar mamlakatimizga tinchlik-farovonlik, Prezidentimizga sogʻlik-omonlik tilab duolar qildi.

Barcha saylov uchastkalarida saylovchilar uchun qonunchiligimizda belgilangan sharoitlar yaratilgan. Joylarda 5 ming 770 ta okrug va 11 ming 28 ta, jumladan, 40 ta xorijiy mamlakatda 57 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Saylov jarayonini kuzatishda MDH, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, shuningdek, YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining toʻlaqonli missiyasi tarkibida 850 nafardan ziyod xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi. Oʻz yurti va yashayotgan hududi taqdiriga daxldorligini his qilib, saylovlarda faol qatnashayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:58
 
5
0
xs.uz

Endilikda ayrim oʻquvchilar xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi

'Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident qarori qabul qilindi.Qarorga koʻra, musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariya va amaliyot uygʻunlashtirilg

01 Nov 21:29
 
19
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistonda “Lacetti” kanalga tushib ketdi. Oqibatida uch kishi vafot etgan

Joriy yilning 29-oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida uch nafar fuqaroning oʻlimi bilan yakunlangan yoʻl-transport hodisasi'yuz berdi.Maʼlum boʻlishicha, oʻsha kuni tungi soat 02:20 atrofida mast holatdagi haydovchi 'Lacetti' rusumli avtomashina boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi kanalga tushib ketgan.Hodisa oqibatida mashinaning orqa oʻringigida boʻlgan ikki yoʻlovchi voqea joyida halok boʻlgan. Yana bir nafar yoʻlovchi esa shifoxonada vafot etgan. Ular 21

18 Nov 04:58
 
6
0
xs.uz

Ayrim fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Qonunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda:

18 Nov 04:58
 
5
0
xs.uz

Xizmatda jarohatlangan harbiylar moliyaviy himoyaga ega boʻladi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan harbiy xizmatchilar va maxsus unvonlarga ega xodimlar uchun davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu nizom davlat xizmatida yaradorlik yoki nogironlikka duch kelgan harbiy xizmatchilarga sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirishni belgilaydi. Hujjat 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan. Bu haqda 'Norma.uz' xabar berdi.Nizomga koʻra, sugʻurtalangan shaxs favqulodda holatlarda yoki harbiy xizmat davomida