calendar 09 Oct 12:39
eye 53
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident yangi qaror imzoladi

image
'Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish; norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish ('Recognition of Prior Learning') tizimini joriy qilish; koʻnikmalarni prognozlashtirish ('skills anticipation'), koʻnikmalarga boʻlgan ehtiyojlarni tahlil qilish ('skills needs analysis'), koʻnikmalar bilan bogʻliq kamchiliklarni oʻrganish ('skills gap analysis') vositalari va metodologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish. 'Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi' loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi. 2025-yil 1-fevralgacha Institutda Milliy malaka tizimini rivojlantirish boʻyicha malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyiladi. 2025-yil 1-noyabrgacha Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi taʼminlanadi. 2026-yil 1-dekabrga qadar ilgʻor xorijiy tajriba asosida 1800 ta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi taʼminlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
66
0
xs.uz

Bayramga munosib tuhfa

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si

04 Apr 16:19
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi

Yangi O'zbekistonda 'Inson qadri uchun, inson baxti uchun' degan ezgu g'oya asosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar tufayli xalqimiz farovonligini oshirish, ko'pmillatli jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilmoqda.Bularning barchasi bag'rikenglik, saxovat va shukronalik timsoli bo'lgan muborak Ramazon oyini mamlakatimizda tinch-totuv, fayzli va shukuhli muhitda o'tkazishda muhim ahamiy

20 Mar 12:54
 
49
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us

04 Apr 16:18
 
36
0
xs.uz

“Mahalla yettiligi” uchun yangi bino topshirildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Mahalla ahli tashabbusi bilan Bagʻdod tumanidagi 'Qashqarmakay' MFYning yangi binosi bunyod etilib, 'mahalla yettiligi' uchun qulay sharoitlar yaratib berildi. Yangi binoda yettita xona mavjud boʻlib, har bir xodim uchun alohida joy ajratildi. Aholi murojaatlarini oʻrganish va ularning muammolariga yechim topish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ayni paytda mahalladagi 1070 ta oilada 4 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahalla nuroniylari va faollari