Elektromobil tarmogʻini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi

Oʻtgan yili dekabrda boʻlgan yigʻilishda davlatimiz rahbari elektromobillar hayotga tez kirib kelayotganini taʼkidlab, bu sohani oʻzlashtirish boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Joriy yil yanvarda Xitoyga davlat tashrifi chogʻida Prezidentimiz 'BYD' kompaniyasining bosh qarorgohida boʻldi. Ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni yigʻish boʻyicha loyiha boshlandi. Kompaniya rahbari bilan muzokara chogʻida yaqin istiqbolda ishlab chiqarish quvvatini yiliga 500 ming donagacha yetkazish boʻyicha fikr almashilgan edi.
Bu zamon talab qilayotgan yoʻnalish. Soʻnggi uch yilda Oʻzbekistonda elektromobillar sotuvi 10 barobar koʻpaygan. 2023-yilda import qilingan avtomobillarning 35 foizini elektromobil va gibridlar tashkil qilgan.
Shu bois mutasaddilarga bu yoʻnalishdagi marralarni kengroq olib, loyihalarni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. 'BYD' kompaniyasi hamkorlarini jalb qilib, elektromobillar uchun butlovchi qismlarni oʻzlashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Mazkur yangi tarmoqda raqobatbardosh boʻlish uchun, eng avvalo, innovatsiya va ilgʻor texnologiyalar kerak. Shu bois Turin politexnika instituti, muhandislik markazlari, ilmiy institut va laboratoriyalarni oʻzaro bogʻlaydigan yaxlit tizim yaratish vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, bu soha rivojlanishi bilan mutaxassis va ishchilarga talab ortadi. Yaqin uch yilda bu talab 10 mingga yetishi mumkin. Shuning uchun malakali kadrlar tayyorlashni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini rivojlantirish boʻyicha dastur ishlab chiqilishi belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala
Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko
Qashqadaryoda bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish sharoiti yaratiladi
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda hududdagi bolalar oromgohlarini 2025-yil yozgi mavsumiga tayyorlash, ularda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.' Joriy yilda Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari hamda Shahrisabz shahridagi tabiat manzarali hududlarda joylashgan 17 ta statsionar bolalar oromgohida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 23 ming nafardan ortiq bolani da
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz