calendar 06 Feb 09:31
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

G‘arb Ukraina o‘z hududlarini qaytarishi dargumon deb hisoblaydi – “El Pais”

image

G‘arb davlatlari Ukrainaga yo‘qotilgan hududlarining qaytarilishi dargumon ekanligini aytmoqda. Bu haqda Ispaniyaning “El Pais” gazetasi xabar berdi.

“AQSH va Yevropa Ukrainaga hududining Rossiya bosib olgan qismi evaziga xavfsizligini uzoq muddatga kafolatlash zarurligini maslahat bermoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mojaro qancha uzoq davom etsa, Kiyev ittifoqchilari unga yordam qo‘lini cho‘zishlari shunchalik qiyinlashadi. Xususan, AQSHda respublikachilar va demokratlar o‘rtasida davomiy harbiy yordam borasida kelishmovchiliklar mavjud. Hatto? so‘nggi paytlarda Prezident Jo Baydenning so‘zlarida  ham o‘zgarish yuz bergan. Misol uchun, oldin Bayden Vashington Kiyevni har qanday vaziyatda, nima bo‘lishidan qat’i nazar qo‘llab-quvvatlashini aytgan bo‘lsa, 2023 yilning dekabrida u Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘lidan kelgancha qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etishini bildirgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning sentyabrida aslida Ukraina hududida bo‘lgan tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporoje viloyatining bir qismi Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan. Bundan tashqari, 2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilgan.

Ukraina esa Qrimni vaqtinchalik bosib olingan hudud deb biladi va ko‘plab g‘arb davlatlari bu masalada Kiyevni qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Ulkanbayeva Rayhona


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 12:02
 
52
0
xs.uz

Pokiston afgʻon muhojirlarini chiqarib yuborish rejasini eʼlon qildi

Pokiston mamlakatda noqonuniy yashayotgan koʻp sonli afgʻon muhojirlarini chiqarib yuborish rejasini eʼlon qildi. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Gʻarb davlatlariga koʻchirilishi maʼqullangan oʻn minglab afgʻonlar hozirda Pokistonda qolmoqda. Islomobod bu muhojirlarni 'Noqonuniy xorijliklarni repatriatsiya qilish rejasi'ning ikkinchi bosqichi doirasida deportatsiya qilishni maqsad qilgan.Pokiston tashqi ishlar idorasi matbuot kotibi Mumtoz Zahra Balochning aytishicha, reja c

16 Jul 10:38
 
92
0
xs.uz

Jurnalist Gʻarb yetakchilari uchun dahshatli xabar haqida maʼlum qildi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning agar Donald Tramp AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonsa darhol Ukraina mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori boʻlishi mumkinligi haqidagi bayonoti Gʻarb yetakchilari uchun yomon yangilik hisoblanadi. Bu fikrlarni irlandiyalik jurnalist Chey Bouz aytib oʻtdi.'Ukrainadagi falokatdan ichki muvaffaqiyatsizliklarini chalgʻitish uchun foydalanayotgan Yevropa Ittifoqi va AQSH uchun bu yanada dahshatli yangilik', deydi jurnalist.Orban Tramp bi

17 Jul 11:01
 
41
0
xs.uz

Jo Bayden prezidentlik saylovidan chiqishi haqida gapirdi

AQSH prezidenti Jo Bayden agar shifokorlar uning sogʻligʻida muammo borligini aniqlasa, prezidentlik poygasidan chiqishini taʼkidladi. Bu haqda u 'BET' nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Menda qandaydir kasallik boʻlsa, kimdir, shifokorlar kelib, sizda falon muammo bor, deyishardi', dedi u prezidentlik poygasini tark etish haqida gapirar ekan.'Ochigʻini aytsam, menimcha, qarilik faqat donolik keltiradi', ' deya qoʻshimcha qildi Bayden shu oʻrinda.Bayden avvalroq, agar Xudo buni bu

17 Jul 11:55
 
37
0
xs.uz

Argentinaliklar “Copa America” chempioni boʻlgach fransuzlarni haqorat qilib qoʻshiq kuylashdi. Holatni FIFA oʻrganmoqda (video)

Argentina 'Copa America' chempioni boʻlgach, terma jamoa futbolchilari avtobusda Fransiyaning qora tanli futbolchilariga nisbatan irqchilik kayfiyatidagi qoʻshiq kuylashdi. Unda shunday deyiladi: 'Ular Fransiyada oʻynashadi. Lekin Angoladan kelishgan. Onalari nigeriyalik. Otalari kamerunlik. Pasportidagina fransiyalik'.Fransiya futbol federatsiyasi Argentina terma jamoasi ustidan FIFAga shikoyat joʻnatdi. Federatsiya prezidenti Filipp Diallo ushbu holatni keskin qoralab, jahon futboli mutasa