Mahallalar sportning 12 ta ommaviy turidan biriga ixtisoslashtiriladi

Mahallalarni futbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi kabi sportning 12 ta ommaviy turidan biriga ixtisoslashtirish, har oyda mahallalarda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish muhimligi taʼkidlandi.
Sport vazirligiga va hokimliklarga yil davomida 'sektor ' tuman ' viloyat ' respublika' darajalarida ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish topshirildi.
'Sport maktablari ' sport kollejlari ' sport federatsiyalari ' oliy mahorat maktablari' zanjiri asosida doimiy sport bilan shugʻullanuvchilar sonini oshirish vazifasi qoʻyildi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi boʻyicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar oʻqitiladi
Hozir togʻ-kon, agrosanoat, toʻqimachilik, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari sohasida 1 million yoshlar mehnat qilmoqda. Endi sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xoʻjaligida band yoshlarning kasbiy rivojlanishi boʻyicha ham tizim yaratiladi. Bu haqda Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida qayd etildi.Har bir kasb yoʻnalishi boʻyicha aynan yoshlar oʻrtasida respublika musobaqalari oʻtkaziladi. Bunda davlat korxonalari va xususiy sektor vakillari tengma-teng ishtirok etadi
Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident.
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-oʻqituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi.Har bir
MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel