calendar 06 Feb 05:01
eye 56
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

image
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal qilish boʻyicha vakolatlari kengaytirilib, xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.

Mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan xalq deputatlari Kengashlarining nazorat funksiyalarini kengaytirish maqsadida ularga oʻndan ortiq qoʻshimcha vakolatlar berildi. Xususan, prokuratura, adliya, ichki ishlar, moliya, soliq, ekologiya va sogʻliqni saqlash organlari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qoʻyildi.

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlari, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilganligi hokimiyatlar boʻlinishiga oid konstitutsiyaviy tamoyilning mahalliy darajada ijrosini taʼminlashda muhim qadam boʻldi.

Shu bilan birga, 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning haqiqiy 'ovoziga' aylantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni 'aholi manfaatlariga xizmat qilish' tamoyili asosida yoʻlga qoʻyishni talab etmoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelini toʻliq amalga oshirish, mahalliy Kengashlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yoʻlga qoʻyish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Adliya vazirligi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari (keyingi oʻrinlarda ' mahalliy Kengashlar) tomonidan ishlab chiqilgan:

Jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻtkazilishi taklif etilayotgan vakolatlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tizimlashtirish taklif etilayotgan vakolat va funksiyalari 2-ilovaga muvofiq;

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini 'Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim' tamoyili asosida tashkil etish yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha 'yoʻl xaritasi' 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

2. Belgilab qoʻyilsinki:

mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda vazifalarni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida aniq belgilash amaliyoti joriy etiladi;

normativ-huquqiy hujjatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan, mahalliy Kengashlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlariga xos boʻlmagan vazifalar ijrosi boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari masʼul hisoblanadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2024-yilning 1-oktyabriga qadar Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va unda quyidagi asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutish tavsiya etilsin:

mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarning nazorat faoliyatini takomillashtirish, samarali nazorat tizimini shakllantirish;

mahalliy Kengashlar tomonidan hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga takliflar kiritish mexanizmini belgilash;

mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish;

mahalliy Kengashlar qarorlarini ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash;

mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish;

mahalliy Kengashlar faoliyatida oʻzaro va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, byurokratiyaga qarshi choralarni belgilash.

4. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga xorijiy davlatlarning yetakchi ekspertlarini jalb qilsin hamda ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish uchun xizmat va oʻquv safarlarini tashkil etsin.

5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq qonunchilik hujjatlari bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida ixtisoslashtirish boʻyicha takliflarni Adliya vazirligiga kiritsin.

Adliya vazirligi vazirlik va idoralar takliflari asosida uch oy muddatda tegishli qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Bunda, ushbu loyihalarning jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar hamda normalarning mavjudligi nuqtayi nazaridan tanqidiy koʻrib chiqilishiga alohida eʼtibor qaratilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga ikki oy muddatda mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid oʻz qarorlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazgan holda tizimlashtirish tavsiya etilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga:

2024-yil 1-iyulga qadar mahalliy Kengashlar vakolatlari, vazifalari va funksiyalarining reyestrini ishlab chiqish va yuritish;

mahalliy Kengashlar qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda yagona amaliyotni joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

Adliya vazirligi bilan birgalikda mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyatlari xodimlarining bilim va malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslarini tizimli tashkil etish tavsiya etilsin.

8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar:

mahalliy Kengashlar binolarining joriy holatini xatlovdan oʻtkazsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bilan birgalikda mahalliy Kengashlar binolariga va ularni moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni ishlab chiqsin;

2024-yil 1-oktyabrga qadar xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, 2025-yil 1-dekabrga qadar xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari uchun belgilangan minimal talablarni inobatga olgan holda bino (ishchi xonalar) bilan taʼminlash va jihozlash boʻyicha 'yoʻl xaritasi'ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

ushbu Farmonning 1'2-ilovalarida nazarda tutilgan takliflarni roʻyobga chiqarish maqsadida tegishli qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida;

ushbu Farmondan kelib chiqadigan boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.

11. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti' ' ' ' ' ' ' ' ' ' ' ' ' ' Sh. Mirziyoyev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:22
 
31
0
xs.uz

Andijonning “Eng namunali mahalla raisi” aniqlandi

Saminjon Husanov/'Xalq soʻzi'. 'Eng namunali mahalla raisi' koʻrik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tuman va shaharlar miqyosidagi tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar faoliyatiga doir shartlar boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyish etishdi. Yakunda Xonobod shahridagi 'Yangi hayot' MFY raisi Azizaxon Abduqahhorova tanlov gʻolibi deb eʼlon qilindi.' Mahallamiz, nafaqat, Xonobod shahrida, balki viloyatda ham eng namunali manzillardan biri

11 Apr 13:59
 
59
0
qalampir.uz

Dollarning rasmiy kursi yana biroz tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,65 so‘mga tushdi va 12 664,23 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 34,25 so‘mga oshib, 13 759,69 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham 0,51 so‘mga tushdi va 136,46 so‘mni tashkil etdi.

23 Apr 03:35
 
11
0
xs.uz

Senat Qo‘mitasi qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatladi

Majlisda ishtirokchilar navbatdagi yalpi majlis kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni, jumladan 'Sanoat namunalarini xalqaro ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (1999-yil 2-iyul, Jeneva) O'zbekiston Respublikasining qo'shilishi haqida'gi hamda 'Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish to'g'risidagi xalqaro konvensiyani (Rim, 1961-yil 26-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida'gi qonunlarni muhokama

11 Apr 13:59
 
35
0
qalampir.uz

Jizzaxda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi jazolandi

Jizzax viloyati Zomin tumanida o‘quvchiga tarsaki tushirgan o‘qituvchi jazolandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.  Bolalar ombudsmaniga kaltak yegan o‘quvchining onasidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda ona 2023 yilning 26 dekabr kuni maktabda o‘qituvchi S.M  o‘g‘lining (7-sinf o‘quvchisi) yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganini bildirgan. Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta