Senat Qo‘mitasi qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatladi

Senatorlar O'zbekistonning Gaaga bitimining Jeneva aktiga qo'shilishi o'z sanoat mahsulotlarini, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda ilgari surishdan manfaatdor bo'lgan subyektlarga mavjud milliy tizimlarga qaraganda sanoat namunalarini ro'yxatdan o'tkazishning soddalashtirilgan tartib-taomilini olish imkonini berishini taʼkidladi.
Muhokama davomida ushbu bitim mamlakatimizning jahon texnologiya bozorida o'z taʼsirini oshirish imkonini berishi, xalqaro imijiga ijobiy taʼsir ko'rsatishi hamda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo'lish yo'lidagi muhim qadam bo'lishi alohida taʼkidlandi.
'Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish to'g'risidagi xalqaro konvensiyani (Rim, 1961-yil 26-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida'gi Qonun ahdlashuvchi davlatlarda ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining intellektual huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Xususan, Konvensiyani ratifikatsiya qilgan tomonlar ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini himoya qilishni taʼminlashning milliy rejimini taqdim etishi belgilangan.
Mazkur Qonun imzolangandan so'ng O'zbekiston turdosh huquqlar sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etish bo'yicha majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi, bu esa bozor munosabatlarini yana-da rivojlantirishga va mamlakatimizning investitsiyalar jalb etuvchanligini oshirishga xizmat qiladi.
Senatorlar milliy qonunchilikning mazkur xalqaro hujjatlar qoidalariga muvofiqligini, ularni ratifikatsiya qilishdan kutilayotgan natijalarni, shuningdek, uni keyinchalik implementatsiya qilish mexanizmlarini atroflicha muhokama qildi.
Qonunlar Qo'mita tomonidan Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish uchun tavsiya etildi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi
2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni k
Shavkat Mirziyoyev JBIC boshqaruvchisini qabul qildi
Toshkent investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Yaponiyaning ushbu yetakchi moliyaviy instituti ishtirokidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo'shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko'rib chiqildi.JBIC mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga hissa
Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi
Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda
Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi
'Oʻzgidromet' agentligi 30-31-may va 1-iyun kunlari respublika hududida qanday ob-ha kuzatilishini'maʼlum qildi.Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga, 31-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.Ushbu kunlarda respublika shimolida, janubida va choʻl hududl