calendar 05 Feb 14:48
eye 81
comments 0
comments Manba: postda.uz

XIVA – DUNYО NIGOHIDA

image

Xiva shahri 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan bu ko‘hna zaminda Islom Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlarning nufuzli yig‘ilishlari, xalqaro festivallar va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Mazkur tadbirlarni tinch va osoyishta o‘tkazish uchun viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi hamda manfaatdor tashkilotlar hamkorligida reja-dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, bu boradagi tadbirlar samarali davom etmoqda. Xususan, shahar hududida xavfsiz turizmni ta'minlash maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani tajribasi asosida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda shahardagi 122 ta obyektga jami 244 ta zamonaviy kuzatuv kamerasini o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Bu yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini ta'minlash, jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sabohat SULTONOVA,

katta leytenant.

Xorazm viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
11
0
postda.uz

QALBDAGI TUG‘YON

Uchtepa tumani IIofmb PPX inspektori, safdor Jahongir Tog‘ayev Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Profi universitetining 4-kurs talabasi. Yoshligidan adabiyotga havas qo‘ygan, bo‘sh vaqtlarida ko‘plab kitoblar mutolaa qilgan qahramonimiz maktab davrlaridayoq she’r yozishni mashq qila boshlagan. Havaskor yosh ijodkorning ijodiy ishlari respublika nashrlarida ham chop etilgan. U o‘zining ilk she’riy to‘plamini taqdim etish arafasida. 

09 Oct 12:36
 
9
0
postda.uz

KELAJAK YARATUVCHILARI

Ma’naviyat va ma’rifat darsi(1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni)Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.Shavkat MIRZIYOYEV Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajagi ta’limga qaratilay

09 Oct 12:40
 
10
0
xs.uz

Xalqchil va dilbar shoir yodi hamisha qalblarda

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Turkiston' sanʼat saroyida xalqimizning suyukli farzandi, sheʼr-u bitiklari 'qanotli qoʻshiq'larga aylangan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.Unda shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, doʻstlari va shogirdlari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat namoyandalari, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Nazm-u navo kechasidan avval qatnashchilar

03 Sep 21:36
 
36
0
xs.uz

Arxeologiya: faol olim va tadqiqotchilar taqdirlandi

Yaqinda'Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Tursunali Kuziyev ishtirokida Samarqand arxeologiya institutida soha xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.Unda arxeolog olimlar tomonidan keyingi yillarda ushbu yo'nalishga berilayotgan katta e'tibor tufayli bir qancha yangi yodgorliklar kashf etilgani va bu borada amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar xususida so'z yuritildi.Tadbir so'nggida Agentlik rahbariyati Xalqaro arxeologlar kuni munosabati bilan institut xodimlarini