calendar 04 Feb 13:21
eye 143
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Erdo‘g‘an zilziladan jabrlanganlarga yangi uylar kalitlarini topshirdi

image

Joriy yilning oxirigacha Turkiyada 2023 yil 6 fevraldagi zilziladan jabrlanganlarga 200 mingta uy beriladi. Bu haqda bugun, 3 fevral kuni Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an Hatayda zilzila qurbonlari uchun uy kalitlarini topshirish marosimida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Hatayda 40 mingdan ortiq uy qurilishi davom etmoqda. Bugun esa zilzila oqibatida uylari vayron bo‘lgan oilalarga yangi 7 mingdan ortiq xonadonlar topshirildi. Xonadon egalari qura tashlash yo‘li bilan aniqlandi.

“Biz zilziladan jabr ko‘rgan shaharlarimizni tiklash bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz. Ikki oy ichida zilzila zonasi bo‘ylab 75 mingdan ortiq uy-joylarni egalariga topshirishni yakunlaymiz”, deydi Turkiya Prezidenti.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat mamlakatning 11 viloyati, 124 tumani va qariyb 7 ming qishloqda katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan. Turkiya rahbari 14 million fuqaro tabiiy ofatdan bevosita jabr ko‘rganini ta’kidladi. 

"Zilzila qurbonlari va vayron bo‘lgan binolar soni bo‘yicha eng ko‘p zarar ko‘rgan shahar Hatay bo‘ldi. Zilziladan keyingi ikkinchi kuni Hatayga yetib kelganimizda duch kelgan manzarani hech qachon unutmaganmiz va unutmaymiz”, deydi Erdo‘g‘an.

U har oyda 15-20 mingta uy va qishloq binolarini qonuniy egalariga topshirishni maqsad qilganini bildirdi.

“Yil oxirigacha 200 ming uy yetkazib beramiz, poydevor qo‘yilgandan keyin bir yil ichida qurilishni yakunlaymiz, degan va’damizni bajaramiz”, deya qo‘shimcha qildi Turkiya yetakchisi.

Prezident 2023 yil fevraldagi zilzila oqibatida 53 mingdan ortiq turkiyalik halok bo‘lganini eslatdi.

"Xalqimiz bu og‘riqli sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Men barcha birodarlarimizga, qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashgan 35 ming kishiga, jumladan, 11,5 ming xorijlik qutqaruvchiga minnatdorchilik bildiraman", deya qo‘shimcha qildi Rajab Toyib Erdo‘g‘an.

Shuningdek, Prezident Hatayda qurilgan yangi shifoxonalarning ochilish marosimida ham qatnashgan.

“Biz davlatimizning barcha imkoniyatlarini zilzila zonasiga jamladik. Maqsadimiz zilziladan zarar ko‘rgan barcha shaharlarni, ayniqsa Hatayni jonlantirishdir”, degan Erdo‘g‘an shifoxonalar ochilish marosimidagi nutqida.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo‘lgandi. Yer qimirlashlari va minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan. Turkiyaga yetkazilgan tabiiy ofatdan jami zarar, BMT prognozlariga ko‘ra, 100 milliard dollardan oshishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
68
0
xs.uz

Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi

Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident

31 May 08:50
 
48
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl

08 Jun 02:27
 
147
0
xs.uz

Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi

AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni

18 Jun 21:56
 
21
0
xs.uz

Zelenskiy 18-iyunni Kiyevda motam kuni deb eʼlon qildi

17-iyunga oʻtar kechasi Ukrainada xavfli va juda katta hajmdagi havo hujumlari amalga oshirildi. Qator viloyatlarda havo signalizatsiyasi ishga tushirildi. Kiyev, Odessa, Chernigov, Nikolayev, Xarkov, Sumi va Dnepropetrovskda portlashlar yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.Ukraina havo kuchlari maʼlumoticha, jami 440 ta drondan 239 tasi urib tushirilgan. Qolgan 163 ta uchuvchisiz qurilma radarlardan gʻoyib boʻlgan va oʻz maqsadlariga yeta olmagan. Shu bilan birga, mamlakat hududiga 30 dan