calendar 03 Feb 19:11
eye 92
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukrainaga tankka qarshi raketalar topshirildi

image

Estoniya Ukrainaga harbiy yordamning navbatdagi partiyasini, jumladan Javelin tankka qarshi raketalarini topshirdi. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi milliy davlat teleradiokompaniyasi ERR xabar berdi.

Gap raketalarning Ukrainaga yetib borishi haqida ketmoqda, chunki ularni yetkazib berish to‘g‘risidagi qaror dekabr oyida qabul qilingan.

Yordam paketiga tankka qarshi raketalardan tashqari pulemyotlar, o‘q-dorilar, turli jihozlar, shuningdek, suv ostida ishlatiladigan uskunalar kiradi.

Estoniya Mudofaa vazirligining bildirishicha, ushbu qurollarning narxi 80 million yevroni tashkil etadi, boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Fransiya Qurolli kuchlari vaziri Sebastyan Lekornyu Ukrainaga 2024 yil davomida har oy Sovet samolyotlari uchun moslashtirilgan 50 ta AASM bombasi yetkazib berilishini aytgandi. Germaniya esa Ukrainaga oltita “Sea King” (Dengiz Qiroli) ko‘p tarmoqli vertolyotlarini yetkazib berishni va’da qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
43
0
xs.uz

Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish

31 May 08:50
 
3
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

13 May 14:38
 
106
0
xs.uz

Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralaridan chiqadi. Agar…

Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni talab qilmoqda, boʻlmasa jarayondan chiqib ketishini aytgan.Uning maxsus vakili Stiv Uitkoffga koʻra, kelishuv boʻyicha muzokaralarning asosiy mavzulari Kiyevni hududlardan voz kechishga koʻndirish, Zaporojye atom elektr stansiyasidan foydalanish va Ukrainaning Dnepr hamda Qora dengizga kirishi haqida boʻladi. Uitkoff, shuningdek, prezident Vladimir Putinning roziligisiz Ukraina boʻyicha tinchl

18 Apr 11:08
 
54
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.