calendar 03 Feb 15:16
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Chilida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. Qurbonlar bor (video)

image

Bugun, 3 fevral kuni Chili Prezidenti Gabriel Borich kamida 10 kishining hayotiga zomin bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari tufayli Valparaiso viloyatida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“O‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyat, ayniqsa, 5-hududda, yuqori harorat va shamol tufayli juda qiyin, ammo shuni bilingki, hukumat, o‘t o‘chiruvchilar, Milliy o‘rmon xo‘jaligi korporatsiyasi, politsiya va fuqarolik jamiyati favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun maksimal darajada safarbar qilingan. Men ham barcha zarur resurslarga ega bo‘lishimiz uchun favqulodda holat e’lon qilishga qaror qildim” deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Prezidentning Valparaisodagi vakili Sofiya Gonsalesga ko‘ra, 10 ga yaqin odam o‘rmon yong‘inlaridan vafot etgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 28 kishi kuygan. 7 ming gektardan ortiq maydon yong‘in ostida qolgan. Ayrim hududlardagi fuqarolar evakuatsiya qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 yanvar kuni Chilida o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashayotgan samolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi vafot etgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
782
0
xs.uz

Yevropa “katta oʻyinga” qoʻshildi — Parijda Ukraina boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kecha Parijda bir qator diplomatik uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi va bu Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning yangi bosqichini belgilab berdi. Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi.Shu bilan birga, Parijda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerovdan iborat Ukraina delegatsiyasi hamda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Fran

17 May 21:47
 
31
0
xs.uz

Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor

17 May 21:47
 
27
0
xs.uz

Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov

Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozili

31 May 08:50
 
4
0
xs.uz

Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi

Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.Kan