calendar 03 Feb 12:46
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Eron razvedkasi 28 mamlakatda “Mossad” josuslari aniqlanganini e’lon qildi

image

Eron Razvedka vazirligi 28 mamlakatda Isroil razvedka xizmati “Mossad” agentlari aniqlanganini e’lon qildi. Bu haqda vazirlik saytida e’lon qilingan hujjatda so‘z boradi.

“Isroil rejimining josuslik tashkilotlariga qarshi eng yirik ko‘p bosqichli razvedka va kontrrazvedka operatsiyasi natijasida ular haqida noyob va misli ko‘rilmagan ma’lumotlar olindi va ulardan darhol foydalanila boshlandi”, deyiladi hujjatda. 

Bildirilishicha, olingan ma’lumotlar tufayli 28 mamlakatda “Mossad” bilan aloqador o‘nlab agentlar aniqlangan. Shuningdek, vazirlik Isroildagi maxfiy harbiy ob’ektlar, qurol zavodlari va strategik fuqarolik infratuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olganini da’vo qilmoqda.

Bayonotda qayd etilishicha, Eron poytaxti va mamlakatning bir qancha viloyatlarida bir qator josuslar aniqlangan. Ularning barchasi allaqachon sudga tortilgan yoki Eron razvedka xizmatlari tomonidan nazoratga olingan. Eron fuqaroligiga ega bo‘lgan va xorijda yashovchi Isroil agentlari masalasi esa Razvedka vazirligi va tegishli mamlakatlar razvedka xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlik darajasiga qarab hal qilinishi bildirilgan. 

“Eron razvedka ma’lumotlari almashayotgan barcha mamlakatlar o‘z hududida faoliyat yuritayotgan agentlar to‘g‘risida identifikatson ma’lumotlari bilan ta’minlangan va bu davlatlarning xavfsizlik xizmatlari allaqachon zarur choralarni ko‘rgan”, deyiladi xabarda.

Hujjatda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil razvedka xizmatlari odamlar haqida kerakli ma’lumotlarni to‘plash va ularni “Mossad” bilan hamkorlikka jalb qilish uchun kibermakon, ijtimoiy tarmoqlar va rekruting saytlaridan faol foydalanadi. Razvedka vazirligi Isroil agentlari qaysi mamlakatlarda aniqlangani va ularning aniq sonini ochiqlamadi va buni tergov davom etayotgani bilan tushuntirdi.

Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni Eronda Isroil foydasiga josuslik qilish va respublika milliy xavfsizligiga putur yetkazish maqsadida terrorchilik guruhi tuzishda ayblangan to‘rt kishi qatl etilgandi. “Mehr” agentligi xabariga ko‘ra, ular “Mossad” tomonidan yollangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
26
0
xs.uz

Rossiyada yuz bergan YTHda 8 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

Rossiyaning Nijegorodsk viloyatida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus halokatga uchrashi oqibatida 8 kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat politsiyasi Telegramʻdagi kanalida xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa 2024-yil 1-sentyabr kuni sodir boʻlgan. 32 yoshli tojikistonlik haydovchi 'Hyundai' rusumli mikroavtobusining boshqaruvini yoʻqotgan. Shundan soʻng mikroavtobus toʻsiqqa urilib, agʻdarilib ketgan.Oqibatda uning ichida boʻlgan 11 nafar oʻzbekistonlikning 8 naf

03 Sep 21:35
 
29
0
xs.uz

Rossiya AQSHni global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarishda aybladi

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narыshkin AQSHning yadroviy maydondagi harakatlari global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarayotganini bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Sovet Ittifoqining birinchi yadroviy bomba sinovi oʻtkazilganining 75-yilligiga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzlagan Narыshkin AQSHni asosiy yadroviy kelishuvlardan chiqqani uchun tanqid qilgan. U AQSHning yaqinda Nevadada oʻtkazgan sinovlarini Amerikaning yadroviy salohiyatini

24 Aug 17:27
 
37
0
xs.uz

Yunon neft tankeri Qizil dengizda hujumga uchradi

'Sounion' nomli Yunon neft tankeri Qizil dengizda bir nechta hujumlardan soʻng yonib ketdi. Bortida 25 ekipaj aʼzosi boʻlgan tankerga ikkita qayiqda oʻndan ortiq odam hujum qilgan. U Iroqdan Afinaga ketayotgan edi. Hujum vaqtida tanker Yamanning port shahri Hudeydadan 143 km gʻarbda boʻlgan. Ekipajda 23 nafar filippinlik va 2 nafar rossiyalik boʻlgan, jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan. Gretsiya Dengiz ishlari vaziri ushbu holatni xalqaro huquqning buzilishi va xalqaro yuk tashi

09 Oct 12:40
 
19
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi