calendar 03 Feb 12:46
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Keniyada gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 271 kishi jarohatlandi (foto)

image

Keniya poytaxti Nayrobida yuk mashinasida gaz portlab, kiyim-kechak va to‘qimachilik mahsulotlari sotuvchi Oriental Godown ombori hamda bir nechta turar-joy binolarida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda “Associated Press” agentligi Keniya Qizil Xoch jamiyati ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.

Bildirilishicha, favqulodda hodisa uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 271 nafarga yetgan. Qurbonlar soni ortishi kutilmoqda.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, portlash oqibatida yong‘in joriy yilning 1 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30 atrofida boshlangan.

Ombor, uylar va yuk mashinasidan tashqari yana bir qancha transport vositalari, korxonalar va do‘konlar zarar ko‘rgani aytilmoqda.

Agentlikning xabar berishicha, portlash vaqtida yuk mashinasidan gaz balloni uchib chiqqan va u avtomobildan 200 metr uzoqlikdagi to‘rt qavatli turar-joy tomini teshib o‘tgan.

AP'ga ko‘ra, yonib ketgan omborda bir nechta yuk mashinalarining qoldiqlaridan boshqa hech narsa qolmagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
42
0
qalampir.uz

Irlandiya tarixidagi eng yosh Bosh vazir saylandi

Kecha, 9 aprel kuni Saymon Xarris mart oyida kutilmaganda iste’foga chiqqan Leo Varadkarning o‘rniga Irlandiyaning eng yosh hukumat rahbari bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” xabar beradi. Irlandiya Vakillar palatasi a’zolari Saymon Xarrisni mamlakatning yangi Bosh vaziri etib saylash uchun ovoz berdi. Xarrisning nomzodini Vakillar palatasidagi 160 deputatdan 88 nafari qo‘llab-quvvatladi, 69 nafari qarshi chiqdi.  Endi 37 yoshli Xarrisning nomzodini mamlakat Prezide

10 May 13:30
 
20
0
qalampir.uz

Dunyo yadroviy urush ostonasida turibdi – Lukashenko

Avvalroq, Belarus Respublikasi taktik yadroviy qurollarning “tezkor tekshiruvi”ni boshlagani haqida xabar bergandik. Mamlakat rezidenti Aleksandr Lukashenko G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda bu haqda o‘z fikrini bildirdi. Uning aytishicha, yadro qurollari "to‘xtatuvchi va mudofaa quroli" bo‘lib, "hech kim ular bilan biror davlatga hujum qilmoqchi emas".  Lukashenko, shuningdek, bugun e’lon qilingan taktik yadr

11 May 14:46
 
19
0
qalampir.uz

Rossiya Xarkovga hujumlarini kuchaytirdi

Rossiya harbiylarining Xarkov viloyati chegarasiga hujumi kecha, 10 may kuni ertalab soat beshda boshlandi va hozirgacha davom etmoqda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Bildirilishicha, chegara zirhli texnikalar ko‘magida buzib o‘tilgan, turli intensivlikdagi janglar davom etmoqda. Kunduzi Ukraina Qurolli Kuchlari pozitsiyalariga havo zarbalari berilgan, kechasi esa Ukraina Qurolli Kuchlari mudofaasining oldingi chizig‘iga artilleriya hujumlari boshlangan. Ukraina tomo

10 May 13:30
 
23
0
qalampir.uz

Peskov Zelenskiyga suiqasd uyushtirish haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi

Kreml voizi Dmitriy Peskov Ukraina Xavfsizlik xizmatining Prezident Vladimir Zelenskiyga suiqasdni oldini olgani haqidagi xabari haqida gapirar ekan, bu ma’lumotlarini haqiqat deb qabul qilish qiyinligini aytdi. Bu haqda u bugun, 8 may kuni mahalliy matbuotga bergan izohida so‘z ochdi. “Men umuman izoh berolmayman. Umuman olganda, siz tushunganingizdek, SBUdan kelayotgan ma’lumotni haqiqat deb qabul qilish qiyin, shuning uchun men hech narsa deya olmayman ", deydi u. E