calendar 03 Feb 10:03
eye 138
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil eronlik harbiy maslahatchini yo‘q qilgani aytilmoqda

image

Isroil kuchlari Suriya poytaxti Damashqning janubidagi bir qancha nishonlarga zarba berdi. Bu haqda bugun, 2 fevral kuni Suriya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Bugun ertalab soat 04:20 atrofida Isroil bosib olingan Golan tepaliklaridan havo hujumini amalga oshirib, Damashq janubidagi bir qator nishonlarga hujum qildi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, Isroil tomoni otgan raketalarning bir qismi Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Bunga qaramay, hujum moddiy zarar keltirgan.

“Al Arabiya” telekanalining xabar berishicha, Isroilning havo hujumi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Eronning Student News Network (SNN)  telekanali esa hujum oqibatida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi maslahatchisi Said Alidadiy halok bo‘lganini aytmoqda. 

O‘z navbatida, “Sky News Arabiya” hujum qurbonlari soni uch nafarga yetganini xabar qilmoqda. Unga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Eron va Iroq fuqarolari ham bor.

Ma’lumot uchun, 29 yanvar kuni SANA agentligi Suriya Mudofaa vazirligiga tayanib, Isroil harbiy-havo kuchlarining Damashq chekkasiga bergan zarbasi chog‘ida bir necha tinch aholi halok bo‘lgani haqida xabar bergan. “Al Hadath” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, zarba nishoni Suriya poytaxti yaqinidagi Seyida Zaynab chekkasida bo‘lib, u yerda Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining “Al-Quds” maxsus kuchlarining eronlik maslahatchilari qarorgohi joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Suriyadagi Eron Inqilobiy Gvardiyasi qo‘mondonlaridan biri Rozi Musaviy ham Damashq yaqinida Isroil harbiy amaliyoti oqibatida halok bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 May 09:31
 
12
0
qalampir.uz

Slovakiya Bosh vaziriga uyushtirilgan suiqasd haqida dunyo liderlari nima deydi? 

Bugun, 15 may kuni Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning hayotiga suiqasd uyushtirildi – unga hukumat majlisidan chiqqan paytida o‘q uzildi. Avvalroq, siyosatchining ahvoli og‘irligi, hujumchi qo‘lga olingani haqida xabar bergandik. Voqea sabablari hozircha noma’lum. Robert Fitso oshqozon va ko‘krak qafasidagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Xalqaro maydonda ushbu hujum qo‘rquv va g‘azab bilan qarshi olindi. Qator dunyo mamlakatlari yetakchilari ushbu holatga ni

14 May 15:37
 
21
0
qalampir.uz

G‘arbning Markaziy Osiyoga qiziqishi “rangli inqiloblar” xavfini oshiradi – Rossiya TIV

AQSH, Yevropa Ittifoqi va NATOning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqa davlatlariga “rangli inqiloblar” xavfi bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Ufada “Valday” xalqaro munozara klubining IV Markaziy Osiyo konferensiyasi ochilishida so‘z ochdi. “Biz Vashington va Bryusselda eng muhim vazifani hal qilish – hududning resurs bazasiga kirish va unga tutash transport arteriyalarini, shuningdek, suvdan foy

15 May 16:06
 
11
0
qalampir.uz

Bizga tayoq berasiz, lekin savalashga ruxsat bermaysiz – ukrainalik deputatlar AQSHga 

Ukraina rasmiylari delegatsiyasi AQSH Kongressini Rossiya hududiga zarba berish uchun Amerika qurolidan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishini so‘rab, Vashingtonga keldi. Bu haqda "Politico" nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, uzoq masofali qurollarni Ukrainaga topshirgan Bayden ma’muriyati ulardan Rossiya hududiga hujumlar uchun foydalanilmasligini shart qilib qo‘ygan. Bu taqiq Ukraina Qurolli kuchlarining Xarkov viloyatida rus qo‘shinlarining kuchayib bor

14 May 16:49
 
19
0
qalampir.uz

Suzoqdagi fojia: amaldorlar aybdor deb topildi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan idoralararo komissiya 2 may kuni Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida yuk mashinasi maktab o‘quvchilarini urib yuborishi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan tekshiruvni yakunladi. Mutaxassislar aybni mahalliy hokimiyat vakillari zimmasiga yukladi, deb xabar berdi Sadir Japarov matbuot xizmati. Komissiya a’zolari o‘z xulosalarida yaylovda o‘tkazilgan manaschilar musobaqasi tashkilotchilari tadbir ishtirokchilari xav