calendar 14 May 15:37
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

G‘arbning Markaziy Osiyoga qiziqishi “rangli inqiloblar” xavfini oshiradi – Rossiya TIV

image

AQSH, Yevropa Ittifoqi va NATOning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqa davlatlariga “rangli inqiloblar” xavfi bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Ufada “Valday” xalqaro munozara klubining IV Markaziy Osiyo konferensiyasi ochilishida so‘z ochdi.

“Biz Vashington va Bryusselda eng muhim vazifani hal qilish – hududning resurs bazasiga kirish va unga tutash transport arteriyalarini, shuningdek, suvdan foydalanish tizimini nazorat qilish uchun noinsof o‘yin o‘tkazishayotganini ko‘ryapmiz. Shundan kelib chiqib, bu maqsadlarga erishilgach, Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari G‘arb uchun hamroh bo‘lishdan to‘xtaydi va shunga mos ravishda “rangli inqiloblar” xavfi ham to‘laqonli namoyon bo‘ladi", deydi Galuzin.

Diplomatning fikricha, “do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar”ning strategik maqsadi Rossiya va Markaziy Osiyo respublikalari o‘rtasida nizo keltirib chiqarishdir.

“Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari G‘arb bilan haddan tashqari yaqinlashish va Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilish salbiy oqibatlaridan xabardor”, deydi Galuzin.

U mintaqa mamlakatlari bir qator omillar, jumladan, geografiya bo‘yicha tabiiy ittifoqchi va hamkor ekanini urg‘uladi.

“Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini to‘liq hurmat qiladi”, deb ta’kidladi Galuzin.

Bundan tashqari, rossiyalik diplomat Markaziy Osiyo tashqi savdosining 33 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelishini qo‘shimcha qildi.

“Hozirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan bunday hisob-kitoblar hajmi 80 foizga, O‘zbekiston bilan 55 foizga, Turkmaniston bilan 24 foizga yetdi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘ulistonga safar qilgandi. Kemeron mazkur safardan Markaziy Osiyo mamlakatlariga Buyuk Britaniya hamda mintaqada ta’sir o‘tkazish uchun kurashayotgan Rossiya va Xitoy bilan hamkorlik qilish o‘rtasida “tanlov” qilish imkonini berishni ko‘zlaganini ochiq aytdi. Kemeron ketganidan ko‘p o‘tmay, 26 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so‘ng matbuotga bayonot bergan Galuzin Kemeronning O‘zbekistonga tashrifi Rossiyaga maksimal darajada zarar yetkazishga va uni ittifoqdoshlaridan uzoqlashtirishga qaratilganini ta’kidladi. Kecha, 13 may kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga kelib, Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi, Toshkent shahrida Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi. Boshqalar-chi?

146 ta davlat ichida oʻtkazilgan jinoyatchilik va xavfsizlik indekslari asosida tuzilgan roʻyxatda Oʻzbekiston 120-oʻrinni egallagan. Jinoyat indeksida 29 ball, xavfsizlik indeksida 71 ball bilan Oʻzbekiston xavfsizlik boʻyicha mintaqaviy yetakchi sifatida qayd etildi.Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, xususan, Qozogʻiston jinoyat indeksi boʻyicha 45.6 va xavfsizlik boʻyicha 54.4 ball, Qirgʻiziston esa mos ravishda 54.1 va 45.9 ball toʻplagan. Turkmaniston va Tojikiston esa ushbu r

26 Jul 10:21
 
40
0
xs.uz

“Kelajakdan gapiramiz”: 2034 yilgi qishki Olimpiada ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endyinlari mezbonligi kutilmagan shaharga berildi

XOQ Parijdagi 142-sessiyasida shunday qaror qabul qilgan. Qayd etish kerakki, ushbu shahar avval ham, 2002-yilda, ushbu nufuzli turnirni qabul qilgan edi. Mezbonlikni qoʻlga kiritish uchun 'Yuta 2034' delegatsiyasiga Yuta gubernatori Spenser Koks, Solt-Leyk-Siti meri Erin Mendenxoll, AQSH Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Jean Sayks boshchilik qilishdi.Maʼmurlar dunyo sportchilarini Yuta shtatida kutib olishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Gubernator Koks bu turnirning qabul qi

14 Aug 06:38
 
20
0
xs.uz

Trampning Maskka bergan intervyusi va Rossiyaning Ukrainani ogohlantirishi (+video)

Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Germaniyani qattiq ogohlantirdiRossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Germaniyani qattiq ogohlantirib, Berlinga rus tanklarini yuborish bilan tahdid qildi.Maʼlum qilinishicha, bu bayonot Germaniyaning 'Bild' gazetasining Medvedevni nemis tanklarining Rossiya hududiga qaytishini nishonlashda ayblagan maqolasiga javoban bildirildi. Medvedevning izohlari Rossiya va NATO davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.Medvedev 'X' i

26 Aug 12:29
 
31
0
xs.uz

Pavel Durov Fransiyada qamaldi

Telegram asoschisi Pavel Durov Ozarboyjondan Parijga oʻz shaxsiy samolyotida qoʻnganida aeroportda qoʻlga olingan.Uni huquq tartibot organlari Durovni 'narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik'da ayblamoqda. Bunga sabab qilib Messenjerda moderatsiya yoʻqligi va qonunni himoya qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikdan bosh tortgani koʻrsatilmoqda.Durovga nisbatan bir qator ayblovlar ilgari surilgan va Fransiya fuqarosi sifatida sudlanishi aytilmoqda. Agar ayblar