calendar 26 Jul 10:21
eye 38
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rus armiyasida oʻzgarish, Netanyahuning dushmanlari va Kongressdagi nutqi (+video)

image
Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan buyon birinchi marta nutq soʻzladi. U oʻzi erishgan yutuqlar, kamtarligi haqida gapirgan.

'Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli' dedi Qoʻshma Shtatlar yetakchisi.

Shuningdek, u vakolat muddati tugagunga qadar qiladigan ishlari haqida ham aytib oʻtgan.

'Prezidentlik muddatimning qolgan olti oyi davomida mamlakat iqtisodiyoti muammolari va fuqarolar huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanaman. Ukrainani qoʻllab-quvvatlashda va NATOni mustahkamlashda davom etaman', dedi Bayden.

'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi' deya qoʻshimcha qilgan prezident.

Nutqining oxirida prezident oʻzining nomzodi haqida gapirar ekan, Harrisni tajribali, qattiqqoʻl, qobiliyatli va mamlakat uchun kerakli yetakchi ekanligini qoʻshimcha qilgan.

Netanyahu AQSH Kongressida nutq soʻzladi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSH Kongressida 'Bizning dushmanlarimiz sizning dushmanlaringiz' deya nutq soʻzladi.

'Biz Eron bilan kurashganimizda, Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng radikal va qotil dushmani bilan kurashamiz. Bizning kurashimiz sizning kurashingiz, bizning gʻalabamiz esa sizning gʻalabangiz boʻladi' deb qoʻshimcha qilgan Netanyahu.

Isroil Bosh vazirining aytishicha, Eron Amerikaga qarshi chiqish uchun avvalo Yaqin Sharqni zabt etishi kerak. Ammo Yaqin Sharqning qoq markazida Eron yoʻlida toʻsiq boʻlib turgan bir gʻururli amerikaparast demokratiya bor. Bu Isroildir.

Netanyahu Gʻazo kelajagi haqida gapirar ekan, Isroil tarafdorlaridan iborat falastinliklar tomonidan boshqariladigan fuqarolik boshqaruvi boʻlishi, Isroil harbiylari nazorati ostida demilitarizatsiyalangan hamda deradikalizatsiyalangan anklav boʻlishini aytgan.

Rossiya 'havosi'da oʻzgarish

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qoʻmondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qoʻmondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi.

Kobilash 1965-yilda Odessada tugʻilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. Oʻtgan yili Ukraina Xavfsizlik xizmati uni Ukrainadagi tinch aholi nishonlarini oʻqqa tutganlikda gumon qilinayotganini eʼlon qilib, tegishli dalillar toʻplaganini maʼlum qilgan edi.

Suriya prezidenti Bashar Asadning Moskvada nima ishi bor?

Rossiya televideniyesi Suriya prezidenti Bashar Asad Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganini maʼlum qildi. Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas, ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi global va mintaqaviy voqealarni inobatga olgan holda ushbu uchrashuvni 'juda ahamiyatli' deb atadi.

Kremlga koʻra, uchrashuv chorshanba kuni boʻlib oʻtgan, ammo muhokamalar tor doirada boʻlganligi uchun koʻproq maʼlumot berilmagan. 'Mumkin boʻlgan mavzulardan biri Suriya va Turkiya oʻrtasidagi diplomatik aloqalarni tiklash', deb yozgan nashrlar.

Asad ham, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon ham 2011-yilda uzilgan munosabatlarni tiklashdan manfaatdorlik sezayotgani haqida koʻplab xalqaro ekspertlar hamfikrdir.

Putin va Asad Suriyadagi 12-yillik fuqarolik urushi davomida mustahkam ittifoqchilikni saqlab kelgan. Rossiyaning harbiy yordami Asad kuchlariga mamlakatning katta hududlarida nazoratni tiklashda muhim ahamiyatga ega edi. Soʻnggi uchrashuv deyarli bir yarim yil avval yuz bergan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
16
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi

25 Sep 13:14
 
18
0
xs.uz

JSST grippni davolash boʻyicha yangi tavsiyalarni eʼlon qildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti grippga qarshi kurash boʻyicha yangi qoʻllanmani ishlab chiqdi. Ushbu tavsiyalar tashkilot rasmiy saytida eʼlon qilindi. Yangilangan yoʻriqnoma, avvalo, gripp bilan kasallangan bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalari uchun moʻljallangan. Shuningdek, u epidemiya va pandemiyalarga tayyorgarlik borasida tegishli idoralar uchun maʼlumot manbai boʻlib xizmat qiladi. Qayd etilishicha, dunyo boʻyicha har yili taxminan 1 milliard kishi mavs

09 Oct 12:36
 
17
0
postda.uz

БИЛИБ ҚЎЙГАН ЯХШИ

Кофеин аслида энергия бермайди. Бу шунчаки миянгиздаги аденозин, яъни чарчаганингизда буни сизга хабар берадиган рецепторларни вақтинчалик блоклайди холос...***Тошбақаларнинг танаси ва ички органлари қаримайди. Шунинг учун тошбақалар камдан-кам ҳолларда қариликдан ўлад

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimdagi neft terminaliga zarba berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush muhim bosqichga kirganini maʼlum qilganidan keyin mamlakat harbiylari bosib olingan Qrimdagi Rossiyaning urush harakatlari uchun muhim boʻlgan yirik neft terminaliga zarba berganini aytdi.'Tunda Qrimning vaqtincha bosib olingan Feodosiya shahridagi dushmanning dengizdagi neft terminaliga muvaffaqiyatli zarba berildi', ' deyiladi ukrainalik harbiylar tomonidan tarqatilgan xabarda.Moskva ham, Kiyev ham qimmatga tushayotgan urushni qanday davom ettirish