calendar 02 Feb 16:30
eye 78
comments 0
comments Manba: xs.uz

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi

image
'Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident Farmoni (PF-25-son, 01.02.2024-y.) qabul qilindi. Farmon bilan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center ' 'ENTERPRISE UZBEKISTAN') tashkil etildi. 2024-yil 1-iyundan 5-yilgacha boʻlgan muddatga Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qoʻllaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi. Shuningdek, Markaz hududida eksperiment tariqasida quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim joriy etiladi: ➖ raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha 'tartibga solish qumdoni'ni joriy etish; ➖ bojxona va soliqqa tortish; ➖ mehnat munosabatlari; ➖ moliya va bank faoliyati; ➖ shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish; ➖ davlat xizmatlarini koʻrsatish; ➖ intellektual mulkni himoya qilish; ➖ tijorat va fuqarolik nizolarini koʻrib chiqish. Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Feb 17:04
 
29
0
xs.uz

Samarqand va Xorazmda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida aksiz markasiz tamaki va alkogolli mahsulotlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi qalbaki mahsulotlar musodara qilindi.Samarqand viloyatining Narpay tumanida 'Alisher Navoiy' mahallasida joylashgan savdo doʻkoni tekshirildi. Fuqaro M.N. sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan 51 turdagi, umumiy bahosi 41,3 mil

06 Mar 16:11
 
9
0
xs.uz

10 ming 258 ta oilaning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dan chiqarilishiga Bosh Prokuratura izoh berdi

Joriy yilda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida ijtimoiy yordam mablagʻlarini olib kelayotgan va moddiy ahvoli yaxshilangan 10 ming 258 ta oila 'Ijtimoiy himoya yagona reyestri'dan chiqarildi. Bu chora-tadbirlar haqiqiy ehtiyojmand oilalarga davlat yordamlarini manzilli yetkazish maqsadida amalga oshirildi, deb yozadi Bosh Prokuratura matbuot xizmati.Xabar qilinishicha, Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida bunday holatlardan biri aniqlandi. U yerda fuqaro A.Sh. oʻz xonadonida tomorqada

28 Feb 01:17
 
20
0
xs.uz

O‘tkir respirator virusli infeksiyalardan qanday himoyalanish mumkin?

Qish fasli yakunlanib, bahor eshik qoqayotgan ayni kunlarda ob-havodagi o'zgarishlar odamlar orasida o'tkir respirator virusli infeksiyalarning ko'payishiga sabab bo'lmoqda.Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ushbu kasallikning belgilari, uning oldini olish chora-tadbirlari haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Nurmat Atabekov fikr-mulohazalarini e'lon qildi.' Ushbu turdagi kasalliklar bir necha klinik belgilar bilan n

06 Mar 16:11
 
8
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti ShHT bosh kotibini qabul qildi

Ushbu nufuzli tashkilot doirasidagi ko'p tomonlama sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan umumiy xavf va xatarlarga qarshi kurashishda amaliy sa'y-harakatlarni kengaytirish, yaxshi qo'shnichilik, ishonch va sheriklik tamoyillari asosida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhim ekani ta'kidlandi.Samarqand sammitida boshlangan ShHT faoliyatini modernizatsiya qilish jarayonini davom ettirish, jumladan, tashkilotning barcha t