calendar 28 Feb 01:17
eye 61
comments 0
comments Manba: xs.uz

O‘tkir respirator virusli infeksiyalardan qanday himoyalanish mumkin?

image
Qish fasli yakunlanib, bahor eshik qoqayotgan ayni kunlarda ob-havodagi o'zgarishlar odamlar orasida o'tkir respirator virusli infeksiyalarning ko'payishiga sabab bo'lmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ushbu kasallikning belgilari, uning oldini olish chora-tadbirlari haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Nurmat Atabekov fikr-mulohazalarini e'lon qildi.

' Ushbu turdagi kasalliklar bir necha klinik belgilar bilan namoyon bo'ladi, ' deydi Nurmat Atabekov. ' Dastlab burun shilliq qavatida qichishish, keyinchalik hid bilish qobiliyati qisman pasayishi, aksirish, burun oqishi kuzatiladi.

Keyinchalik esa tomoqda achishish, qurish, og'riq, ovoz bo'g'ilishi va quruq yo'tal paydo bo'lishi mumkin. Kasallikdan tuzalish bosqichida esa balg'am ko'chishi, xastalikning yumshashi, yo'tal chog'ida og'riqlar pasayishi singari holatlar qayd etiladi.

Bunday paytda, eng avvalo, epidemiologik vaziyat barqarorligini ta'minlash uchun bemorlar jamoat joylariga chiqishdan, odamlar bilan muloqotdan imkon qadar o'zlarini cheklashlari, ijtimoiy masofa saqlashlari lozim.

Ayniqsa, virusga chalingan odamlar va ularning parvarishi bilan shug'ullanayotgan shaxslar tibbiy niqobda bo'lishlari tavsiya etiladi. Xastalik belgilari kuzatilgan yurtdoshlarimiz esa shifokor tavsiyasi asosida davo muolajalarini boshlashlari maqsadga muvofiq.

Qolaversa, har bir odam immunitet mustahkamligini ta'minlash uchun meva-sabzavotlar, turli ko'katlar va qaynatmalar iste'mol qilishi hamda mavsumga mos kiyinishi lozim.

Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan ushbu oddiy tavsiyalarga rioya qilgan holda mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishining oldini olishga e'tiborli bo'lishlarini so'rab qolamiz.

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi

Ibrohim NORMURODOV tayyorladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
39
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqandda daraxt ekdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman ekdilar.Marosim ikki mamlakat xalqlarining do'stligi, O'zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo'lgan qat'iy intilishining ramzi bo'ldi.Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi.Davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga

08 Jun 02:26
 
25
0
xs.uz

2025-yilning yanvar-aprel oylaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berildi

Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yil yanvar aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida qayt etilgan.Poytaxtda yanvar-aprel oylarida 8 milliard dollarlik tashqi savdo aylanmasi kuzatilgan.Respublikamizning boshqa hududlaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi quyid

13 May 14:37
 
47
0
xs.uz

Qashqadaryoda bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish sharoiti yaratiladi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda hududdagi bolalar oromgohlarini 2025-yil yozgi mavsumiga tayyorlash, ularda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.' Joriy yilda Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari hamda Shahrisabz shahridagi tabiat manzarali hududlarda joylashgan 17 ta statsionar bolalar oromgohida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 23 ming nafardan ortiq bolani da

15 Jun 10:46
 
81
0
xs.uz

Fargʻonada hujra tashkil qilib, bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotganlar aniqlandi

Fargʻona viloyatida uyida hujra tashkil qilib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar qildi.Maʼlum boʻlishicha, 9-iyun kuni DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda Rishton tumani 'Yuqori Avazboy' MFY Ittifoq koʻchasida yashovchi shaxs uyida hujra sharoitida 10 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy saboq berib kelayotgani aniqlandi.Bolalarning 4 nafari