calendar 02 Feb 11:07
eye 117
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi

image

O‘zbekistonda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi. Bu haqda 1 fevral kuni “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. 

Farmon bilan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center – “ENTERPRISE UZBEKISTAN”) tashkil etildi.

2024 yil 1 iyundan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.

Shuningdek, Markaz hududida eksperiment tariqasida quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim joriy etiladi:

  • raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish;
  • bojxona va soliqqa tortish;
  • mehnat munosabatlari;
  • moliya va bank faoliyati;
  • shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish;
  • davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
  • intellektual mulkni himoya qilish;
  • tijorat va fuqarolik nizolarini ko‘rib chiqish.

Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 May 13:06
 
245
0
qalampir.uz

Mirziyoyev va Putin “G‘alaba bog‘i”ga bordi

O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Keng majmua bir nechta hududga bo‘lingan bo‘lib, har biri alohida mavzuga bag‘ishlangan – urush dahshatlari va askarlar qahramonligi, front ortidagi ishchilar matonati va fidoyiligi, qayg‘u va dard, shodlik va shukronalik. Bu yerga tashrif davom

18 Jul 15:56
 
46
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi'boʻlib oʻtdi.Uchrashuvda ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan koʻp qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish uchun yaxshi zamin yaratilgan

03 Jul 16:01
 
36
0
qalampir.uz

Katta Farg‘ona kanalidan 33 yoshli erkakning jasadi topildi (video)

Katta Farg‘ona kanalidan 33 yoshli erkakning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.        Bildirilishicha, joriy yilning 22 iyun kuni 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro T. O‘. Farg‘ona viloyati Samandarak hududidan oqib o‘tuvchi Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, qaytib chiqmagan.                Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28

09 Jul 11:43
 
38
0
qalampir.uz

Samarqandda Nexia-2 Siyob kanaliga tushib ketdi (video)

Samarqand shahrida Nexia-2 rusumli avtomobil Siyob kanaliga tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 7 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida Samarqand shahar A.Jomiy ko‘chasida Nexia-2 rusumli transport vositasi harakatlanib kelib, avtomashinada texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonidan oqib o‘tuvchi Siyob kanaliga tushib ketib YTH sodir bo