calendar 28 May 13:06
eye 279
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev va Putin “G‘alaba bog‘i”ga bordi

image

O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Keng majmua bir nechta hududga bo‘lingan bo‘lib, har biri alohida mavzuga bag‘ishlangan – urush dahshatlari va askarlar qahramonligi, front ortidagi ishchilar matonati va fidoyiligi, qayg‘u va dard, shodlik va shukronalik.

Bu yerga tashrif davomida O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari halok bo‘lgan askarlarning xotirasini yodga oldi va urush dastidan besh nafar o‘g‘lidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova xotirasiga o‘rnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.

Majmuaning eng yuqori nuqtasi – sun’iy tepalik cho‘qqisida “Abadiy jasorat” kompozitsiyasi – Sovet Ittifoqi Qahramoni general-mayor Sobir Rahimov va Ikkinchi jahon urushida qatnashgan barcha o‘zbekistonlik askarlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatilgan.

Tepalik ichida bog‘ning asosiy paviloni – O‘zbekistonning urushdagi ishtiroki tarixiga bag‘ishlangan “Shon-sharaf” muzeyi joylashgan.

Yetakchilar muzeyning boy ekspozitsiyasi bilan tanishib, shonli o‘tmish haqidagi xotirani asrab-avaylash muhimligini ta’kidladilar. Tarixiy merosni e’zozlash yoshlarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash va xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi alohida qayd etildi.

G‘alaba bog‘ining mahobati va salobati Rossiya delegatsiyasi a’zolarida katta taassurot qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” muzeyiga borgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 10:49
 
17
0
xs.uz

Oʻzaro manfaatli hamkorlik

Gʻ.Otajonov/'Xalq soʻzi'. Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov qabulida boʻlib, 'Qoraqalpogʻiston Respublikasida 'Suyenli kanali tizimini rekonstruksiya qilish' loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv x

26 Aug 12:29
 
33
0
xs.uz

26-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 26-avgust, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3'8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +31...+33 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7'12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi

03 Sep 21:35
 
24
0
xs.uz

Sharofat Noriyeva Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor boʻldi

Mamlakatimizda tadbirkorlik harakatini yangi bosqichga koʻtarishda oʻzining vatanparvarlik, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib, koʻplab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, xususan, bogʻdorchilik, koʻchatchilik va gulchilik tarmoqlarini ilgʻor tajriba va innovatsion usullar asosida rivojlantirish, hududda tomorqachilikni keng targʻib qilish, ish oʻrinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va farovonligini yuksaltirish,

09 Oct 12:39
 
17
0
xs.uz

Yangi korxona ishchilari 11 mln. soʻmgacha oylik maosh olmoqda

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Andijon tumanidagi 'Everest bazalt' korxonasi faoliyatini boshlaganiga hech qancha vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da, uning mahsulotlariga xaridorlar bisyor.' Eng muhimi, ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ' deydi korxona xodimi Sanjarbek Haydarov. ' Oylik maoshimiz esa 4,5 mln. soʻmdan 11 mln. soʻmgachani tashkil etmoqda.Darhaqiqat, 10 mln. AQSH dollariga teng loyiha asosida barpo etilgan ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida 150 ta