calendar 01 Feb 11:11
eye 93
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda poyezd mashinani urib yuborishi oqibatida bir oilaning 5 a’zosi halok bo‘ldi

image

Surxondaryo viloyatida poyezd Gentra mashinasini urib yuborishi oqibatida bir oilaning 5 nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Kecha, 31 yanvar kuni soat 20:29 larda Qumqo‘rg‘on tumani, Ko‘galli maxallasida yashovchi, N.B. Gentra avtomashinasida qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmadan o‘tayotgan vaqtida yo‘lovchi poyezdi urib yuborgan. Oqibatda ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan N.B.ning oila a’zolari: 1959 yilda tug‘ilgan onasi X.Z., 1994 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Sh.S., voyaga yetmagan qizi M.M, voyaga yetmagan o‘g‘li M.M., voyaga yetmagan qizi M.M. voqea joyida olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Shuningdek, haydovchi N.B. va o‘g‘li voyaga yetmagan M.M.lar har xil tan jarohatlari olib, Sho‘rchi markaziy shifoxonasida yotqizilgan.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:25
 
21
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik qancha?

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln so‘mga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davrida 4 million 337 ming so‘m bo‘lgan. 2024 yil yanvar-iyun davri uchun ma’lumotlar dastlabki, o‘tgan davrlar uchun ma’lumotlar yakuniy hisoblanadi. Shuningdek, Statistika agentligi xabariga ko‘ra, yari

07 Jun 17:31
 
42
0
qalampir.uz

Toshkentda drift qilgan BMW haydovchisiga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l harakati qoidalarini buzgan BMW rusumli avtomashina haydovchiga qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. Videoda mashina drift qilib, katta yo‘lda bir necha marta aylangani tasvirlangan. Holat Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-modd

11 Jun 17:29
 
15
0
qalampir.uz

Eski kasallik: Toshkent – Istanbul yo‘nalishidagi samolyot 5 soatga kechikib uchdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining bugun, 11 iyun kuni Toshkent – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan samolyoti 5 yarim soat kechikish bilan yo‘lga chiqdi. Bu haqda samolyotda bo‘lgan QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.  HY271 qaydi bilan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan reys Toshkent vaqti bilan soat 07:40 da yo‘lga chiqib, Istanbul vaqti bilan soat 11:00 da qo‘nishi kerak bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar bortga

11 Jul 15:12
 
33
0
xs.uz

Avtomobillar uchun “ekostiker” berish muddati 2025-yilning 1-martiga qoldirildi

Hukumatning avvalroq qabul qilingan'qarorida'bu muddat 2024-yil 1-iyun deb koʻrsatilgandi.'Ekologik transport' tizimi doirasida, barcha toifadagi avtomototransport vositalarining atmosfera havosiga zararli taʼsiri boʻyicha normativlarga mosligi'nazorat qilinadi.Transport vositalari ekologiyaga zarari darajasidan kelib chiqib 'qizil', 'sariq' va 'yashil' toifalarga boʻlinadi, xuddi shunday, shaharlardagi hududlar ham uchta toifaga ajratilib, atrof-muhitga zarari yuqori avtomobillarning muayya