calendar 07 Jun 17:31
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda drift qilgan BMW haydovchisiga chora ko‘rildi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l harakati qoidalarini buzgan BMW rusumli avtomashina haydovchiga qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Videoda mashina drift qilib, katta yo‘lda bir necha marta aylangani tasvirlangan.

Holat Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasi (Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Shuningdek, haydovchi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 200 ga yaqin qoidabuzarlik sodir etgan fuqaroning Tesla’si xatlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:20
 
32
0
xs.uz

Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi

30-yanvar kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli 'BYD Song EV' avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli 'Damas' avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib,

27 Jan 00:53
 
41
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi

25-yanvar kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov tashrif bilan mamlakatimizda boʻldi.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi 'Amirsoy' kurort majmuasida Qirgʻiziston Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.Qirgʻiziston Prezidenti togʻ-changʻi majmuasida yaratilgan sharoitlar va uning jahonning yuksak standartlar

27 Jan 00:53
 
33
0
xs.uz

Dushanba haqiqatdan ham ogʻir kunmi yoxud 27-yanvarda qanday ob-havo kutilmoqda?

Oʻzbekiston hududida 27-yanvar kuni turli ob-havo sharoitlari kuzatilishi kutilmoqda. Bir qator hududlarda shamolning kuchayishi va ayrim joylarda tuman paydo boʻlishi ehtimoli mavjud.Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi esa 9-11 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.Qoraqalpogʻiston va Xorazmda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmayapti. Bir qator joylarda tuman

27 Jan 00:53
 
35
0
xs.uz

Prezident Farmoni bilan “Made in Uzbekistan” dasturi ishga tushiriladi

Oʻzbekiston Prezidentining 2025'2027-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlarni keng targʻib qilishga qaratilgan.Farmon doirasida bir qator maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan boʻlib, 2025-yilda eksportni 4 milliard, 2026-yilda 5 milliard, 2027-yilga kelib esa 7 milliard AQSH dollariga