Saylov jarayonlarini raqamlashtirish: xorij va Oʻzbekiston tajribasi

Yaratilgan sharoitlar tahlili
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktyabrdagi 'Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 'Oʻzbekiston Respublikasi Saylovchilarining yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarorlari asosida saylov jarayonlarini boshqarishning axborot tizimi yaratildi, saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini shakllantirish yoʻlga qoʻyildi. Bu sohada erishilgan natijalarni oldingi saylovlar tajribasidan kelib chiqqan holda muntazam takomillashtirish choralari koʻrib kelinmoqda.
Oʻtgan yillar davomida Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (SJBAT), saylovchilar yagona elektron roʻyxati (SYER), saylov jarayonlarini videokuzatuv, interaktiv xizmatlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining yangilangan rasmiy veb-sayti, shuningdek, elektron pochta, maxsus telegram bot, feysbuk, instagram, yutub va tvitterdagi sahifalar, saylov komissiyalari aʼzolari tezkor foydalanishlari uchun maxsus mobil ilovalar ishga tushirildi.
2024-yil 19-iyulda Markaziy saylov komissiyasining 'E ' saylov' axborot tizimi reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. 'E-saylov' axborot tizimi orqali saylov komissiyalari siyosiy partiyalar, nomzodlar, kuzatuvchilar, OAV bilan deyarli 60 turdagi munosabatlari toʻliq elektron tarzda amalga oshiriladi.
Axborot tizimi boshqa elektron platformalar bilan integratsiya qilingan boʻlib, saylov bilan bogʻliq koʻpgina tartib-qoidalar inson omilisiz toʻliq avtomatlashtirilgan tarzda olib boriladi.
Tahlillarga koʻra, mazkur tizimda 400 mingga yaqin saylov jarayoni ishtirokchilari, jumladan, saylov komissiyalari aʼzolari, deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilarga oid maʼlumotlar bazasi shakllanadi. Axborot tizimidan saylov jarayonining 32 ming nafar ishtirokchilari professional tarzda foydalanadi. Foydalanuvchilar bilan 40 turdagi SMS-xabarnomalar orqali muloqot oʻrnatiladi.
Shuningdek, 'E-saylov' axborot tizimida fuqarolar uchun ham saylovga oid axborotni olishda qator qulayliklar joriy etilgan. Xususan, axborot tizimi saylovchilar va saylov uchastkalariga oid statistika maʼlumotlarini olish, barcha turdagi saylovlar boʻyicha deputatlikka nomzodlar haqida axborotga ega boʻlish, interaktiv xaritalarda deputatlikka nomzodlar va ularning tarjimai holi bilan tanishish imkonini beradi.
Chet davlatlar amaliyoti
Saylov jarayonini raqamlashtirish hozirgi kunda jahon miqyosida muhim hisoblanadi. Bu jarayon saylovlarning shaffofligini taʼminlash, vaqt va resursni tejash, shuningdek, ovoz berish jarayonini soddalashtirish maqsadida joriy etilmoqda. Ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi davrida ijtimoiy masofani saqlash zarurati bilan bogʻliq ravishda elektron ovoz berishga boʻlgan talab ortib bordi. Bundan tashqari, raqamlashtirish saylov kampaniyasida turli huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Raqamli saylov tizimlari ilk marotaba asrimizning boshlaridan bir qator taraqqiy etgan davlatlarda yoʻlga qoʻyilgan. Estoniya 2005-yilda birinchi marta toʻliq elektron ovoz berish tizimini joriy qilgan davlat sifatida tarixga kirdi. AQSH va Yevropa Ittifoqining qator davlatlarida ham elektron saylovlarni joriy qilish boʻyicha tajriba amalga oshirildi.
Jumladan, AQSHda saylovchilarning roʻyxatga olishini yaxshilash va ularning maʼlumotlarini yangilash uchun 'Electronic Registration Information Center' (Elektron roʻyxatga olish Axborot Markazi ' ERIC) markazlashgan elektron tizimi ishlab chiqilgan. ERIC tizimi saytlarga va shtatlarga saylovchilarning toʻgʻri roʻyxatga olinishini, maʼlumotlarni tekshirish va aniqlashtirish imkonini beradi.
Estoniyada saylov jarayonlarini boshqarishda asosan 'State Electoral Office' (Davlat Saylov Idorasi) tomonidan koʻplab raqamli platformalar va tizimlar foydalaniladi. Bu platformalar saylov jarayonlarini samarali boshqarish va modernizatsiya qilishga qaratilgan.
Jumladan, 'Register of Voters' (Saylovchilar Roʻyxati) ' bu elektron bazada saylovchilar maʼlumotlari saqlanadi, yangilanadi va tekshiriladi. Saylovchilar roʻyxatini taʼminlash va toʻgʻrilash uchun markazlashgan elektron platforma hisoblanadi.
Shuningdek, Estoniyada 'e-Administration' (Elektron maʼmuriyat) tizimi ham joriy etilgan boʻlib, u saylov jarayonlarini elektron tarzda boshqarish va nazorat qilishga qaratilgan maʼmuriy platforma sifatida foydalaniladi. Bu tizim orqali saylov jarayonini boshqarishga qaratilgan faoliyat, moliyaviy hisobotlar, partiyalar va nomzodlar faoliyati nazorat qilinadi.
Janubiy Koreyada saylov jarayonlarini boshqarish va siyosiy partiyalarni roʻyxatga olish 'National Election Commission' (Milliy Saylov Komissiyasi ' NEC) tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bu davlatda siyosiy partiyalarni roʻyxatga olish va saylov jarayonlarini boshqarish uchun 'e-Registration System' (Elektron roʻyxatga olish tizimi ' ERS) ' platformasidan foydalanadi. Bu tizim NEC tomonidan amalga oshiriladi va siyosiy jarayonlarni avtomatlashtirish, markazlashtirish va osonlashtirish maqsadida ishlatiladi.
ERS Janubiy Koreyada saylov jarayonlarini avtomatlashtirish, markazlashtirish va osonlashtirishda muhim rol oʻynaydi. Tizim partiyalarni roʻyxatga olish, nomzodlarning maʼlumotlarini boshqarish va saylov jarayonlarini aniq va samarali tarzda tashkil etishda yordam beradi. Bu ergonomik va xavfsiz platforma saylov jarayonlarining shaffofligini va aniqligini taʼminlashda katta ahamiyatga ega. ERS partiyalar va nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni markazlashgan maʼlumotlar bazasida saqlaydi. Bu maʼlumotlar tizimda avtomatlashtirilgan tarzda boshqariladi va yangilanadi. Siyosiy partiyalar va nomzodlar uchun onlayn portallar mavjud boʻlib, ular orqali roʻyxatga olish, maʼlumotlarni tekshirish va yangilash mumkin.
Fransiyada saylov jarayonlarini boshqarish markazlashgan holda amalga oshiriladi, va bu jarayonlarning samarali, shaffof va xavfsiz oʻtishi uchun turli elektron platformalardan foydalaniladi. Saylov jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda Fransiya Ichki ishlar vazirligi (Ministhtml5-dom-document-internal-entity1-egrave-endre de lʼInthtml5-dom-document-internal-entity1-eacute-endrieur) asosiy masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi.
Yaponiyada saylov jarayonlarini boshqarishda markazlashgan yagona elektron platforma mavjud boʻlmasa-da, mahalliy hukumatlar va munitsipalitetlar saylov jarayonlarini samarali boshqarish uchun turli elektron texnologiyalardan ham foydalanadi.
Koʻrinib turibdiki, dunyoning aksariyat davlatlarida saylovlarni ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha katta tajriba toʻplangan boʻlib, ularni oʻrganish foydadan holi emas.
Yurtimizda yaratilgan tizimning xalqaro eʼtirofi
YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB) Saylovlarni kuzatish missiyasining 2019-yili Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari boʻyicha yakuniy hisobotida saylov jarayoniga AKTning joriy etilishi muhim ijobiy natija sifatida baholangan. Hisobotda, jumladan, 'Saylovchilar yagona elektron roʻyxatining ishga tushirilishi joriy saylovdagi muhim muvaffaqiyat va avvalgi saylovlarda qoʻllangan yondashuvga nisbatan ancha ijobiy siljish boʻldi', deya taʼkidlangan.
MDH kuzatuvchilar missiyasining fikriga koʻra, parlament saylovlari davomida saylovchilar roʻyxatlarini tuzish va aniqlashtirish tartibi umumiy saylov huquqi prinsipining amalga oshirilishini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasining ovoz berish huquqiga ega barcha fuqarolariga saylovlarda qatnashish imkoniyatini yaratgan.
SHHT kuzatuvchilari missiyasi ham mazkur yoʻnalishdagi oʻzgarishlarni ijobiy baholagan. Taʼkidlanishicha, saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi joriy etilishi aholining saylov kampaniyasi haqida xabardorligini oshirish, saylovchilar roʻyxatini toʻgʻri shakllantirish va takroriy ovoz berish singari salbiy holatlarning oldini olish imkonini beradi.
Umuman olganda, saylov jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi, saylovchilarning elektron roʻyxatlari shakllantirilishi va elektron ovoz berish singari usullar qoʻllanishi saylov kampaniyasida inson omili taʼsirini kamaytirish, saylovning adolatli va shaffof oʻtishiga xizmat qiladi.
Jamshid JOʻRAYEV,
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi
Buxoro viloyati boʻlinmasi rahbari.
Shu yilning oʻzida 400 ta madaniy meros obyekti tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Toʻrt yilda madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga byudjetdan 385 milliard soʻm berildi. Shunga qaramasdan, hozirda yana 485 ta obyekt taʼmirtalab ahvolda. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida'maʼlum qilindi.'Faqat byudjetga qarab qolmasdan, bu ishlarga xususiy sektorni keng jalb qilsa boʻladi-ku!' dedi Prezident.Ijaraga berish mumkin boʻlgan 2 mingta madaniy meros obyektidan atigi 325 tasi tadbirkorlarga berilgani tanqid qilindi
Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni muhokama qilindi
2025-yil 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Isroil Davlatining Knesseti Spikeri Amir Oxana bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni va ahamiyati muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida samarali natijalarga erishish uchun parlamentlararo munosabatlarni yanada faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, doʻstlik guru
Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi
Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega
html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekistonhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramidan fotoreportaj
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 'Yangi O'zbekiston' bog'ida Navro'z umumxalq bayrami shodiyonasi bo'lib o'tdi. Unda davlatimiz rahbari nutq so'zlab, xalqimizni ayyom bilan tabrikladi.Tadbirni yoritishda ishtirok etgan 'Xalq so'zi' muxbiri fotoreportaj tayyorladi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'