calendar 26 Jul 10:25
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik qancha?

image

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln so‘mga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davrida 4 million 337 ming so‘m bo‘lgan. 2024 yil yanvar-iyun davri uchun ma’lumotlar dastlabki, o‘tgan davrlar uchun ma’lumotlar yakuniy hisoblanadi.

Shuningdek, Statistika agentligi xabariga ko‘ra, yarim yil mobaynida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8,4 mln so‘m), Navoiy (6,6 mln so‘m), Toshkent (4,9 mln so‘m), Andijon (4,4 mln so‘m) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4,2 mln so‘m) kuzatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 6 oy davomida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Farg‘ona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

O‘rtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

  • bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati – 14,4 million so‘m;
  • axborot va aloqa – 12,4 million so‘m;
  • tashish va saqlash – 7,7 million so‘m;
  • sanoat – 6,2 million so‘m;
  • savdo – 5,9 million so‘m;
  • qurilish – 5,4 million so‘m;
  • yashash va ovqatlanish xizmatlari – 4,6 million so‘m;
  • ta’lim – 3,5 million so‘m;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 3,3 million so‘m.

O‘ralova  Charos


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 19:49
 
67
0
xs.uz

Saida Mirziyoyeva Qatarning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashuv oʻtkazdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatarning Oʻzbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda u oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.Qayd etilishicha, muloqot davomida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, taʼlim va madaniyat sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilingan.Xususan, afgʻonistonlik qizlarni Termiz shahrida oʻqitish loyihasi, shuningdek, Oʻzbekiston talaba

11 Jul 15:44
 
173
0
xs.uz

Namanganda suv tarmoqlari yangilanmoqda

' 'Mingterak', 'Oromgoh' va 'Axsikent' mahallalarida mehnat qilayotgan 'Adolat qurilish servis' masʼuliyati cheklangan jamiyati rejada belgilangan uzunlikdagi sigʻimi 500 millimetrli quvurlar montajini amalga oshirmoqda, ' deydi tuman hokimligi bosh mutaxassisi Muhammad Qurbonov. ' Bunda sifat va samaradorlikka erishish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi.Shuningdek, boshqa mahallalarda ham dastur loyihasidagi ishlarni joriy yilda yakuniga yetkazish koʻzda tutilgan. Bu bilan 'Oromgoh', 'G

18 Jul 19:36
 
120
0
qalampir.uz

Andijonda 47 ta g‘alla maydoniga o‘t qo‘ygan shaxslar jarimaga tortildi

Andijon viloyatida 47 ta g‘alla maydoniga o‘t qo‘ygan shaxslar jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirida ogohlantirishlarga qaramay Izboskan tumanidagi g‘alladan bo‘shagan 47 ta maydon yoqib yuborilganligi aniqlangan. Holat yuzasidan 35 nafar huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi (Atmosfera havosini m

22 Jul 16:23
 
45
0
xs.uz

Toshkentda “Mayning ferma” davlat va jamiyat manfaatlariga 1,7 milliard soʻm zarar yetkazdi

Xabar qilinishicha, Departamentning Qibray tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Guliston' MFY hududidagi xonadonda yashovchi Q.T. oʻz uyida 8 ta toʻplamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shugʻullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 milliard soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.Shu kabi yana bir holat Yuqorichirchiq tumanida sodir boʻlgan. F