calendar 31 Jan 09:54
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qashqadaryoda qizni turmushga chiqishga undab, bosim qilgan yigit qamaldi

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida erta unashtirilgan qizga yigit tomonidan turli bosimlar o‘tkazilgani, Bolalar ombudsmaniga undan murojaat kelib tushgani va holat o‘rganilib, qizga himoya ordepi berilganini xabar qilgan edik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yanvar kuni qiz Bolalar ombudsmaniga takroran murojaat qilib, himoya orderi berilgan bo‘lsa-da, O.B (yigit) unga tazyiq va ruhiy bosim qilishda davom etayotganini bayon etgan. 

Holat  yuzasidan o‘rganishlar natijasida, 29 yanvar kuni O.B. ushbu harakatlari uchun ma’muriy tartibda ushlanib, bugun, 30 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 206(1)-moddasi (Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) bilan 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 18:32
 
19
0
xs.uz

Inson aʼzolari oldi-sotdisi bilan shugʻullangan talabaga hukm oʻqildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi B.A. inson aʼzolari oldi-sotdisida ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qoʻziboyevning maʼlum qildi.Bildirilishicha, 2003-yilda tugʻilgan B.A. ijtimoiy tarmoqlarga inson aʼzolarini sotib olishi haqida eʼlon joylashtirgan. U mazkur eʼlonlarida buyrakni 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini bildirgan.Ushbu eʼlondan soʻng fuqaro J.R. u bilan

08 Sep 16:44
 
23
0
xs.uz

Diqqat: bir saylovchiga boshqalar uchun ovoz berishga yoʻl qoʻyganlar javobgarlikka tortiladi

Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi. Ushbu qoʻshimchalar orasida bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik ham bor.Maʼlum boʻlishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) by

20 Sep 00:21
 
26
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 17-sentabr kuni tongda ikkinchi 'Markaziy Osiyo - Germaniya' sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo'nab ketdi.Tadbirda ko'p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.Shuningdek, yetakchilar Germaniyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchras

10 Oct 10:16
 
18
0
xs.uz

Qoʻlda terilgan paxta narxi 2500 soʻm etib belgilandi

Qayd etilishicha, bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qoʻl terimi uchun) 1500 soʻmdan kredit mablagʻlari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelingan. Bu oʻz navbatida bir muncha qiyinchilik tugʻdirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqarayotgan edi.'Mazkur holatlarni har tomonlama hisoblab va undan keyin terimchilarni moddiy ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish maqsadida bugundan boshlab