calendar 30 Jan 19:08
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina va Vengriya o‘rtasida ishonchsizlik bor – Kuleba 

image

Kecha, 29 yanvar kuni Ukrainaning Ujgorod shahrida Prezident devoni rahbari Andrey Yermak, Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba va uning vengriyalik mavqedoshi Piter Siyyarto o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarning rasmiy maqsadi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi uchun zamin yaratishdan iborat edi. Biroq TIV rahbarlarining olti soatlik uchrashuvi kutilganidek samara bermadi. Bu haqda Dmitriy Kuleba “Ukrinform" agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi

"Biz bir-birimizning maqsadlarimiz to‘g‘risida ochiqchasiga gaplashib oldik. Bir-birimizga hamma narsani tushuntirdik. Vengerlar bizga ishonmaydi, bizda ham turli holatlar tufayli ularga ishonchsizlik bor", deydi Kuleba.

Aytilishicha, muzokaralar davomidagi asosiy masalalardan biri Ukrainadagi venger milliy ozchiligining huquqlari masalasi bo‘lgan.

"Mening tajribam shuni ko‘rsatadiki, biz vengerlar bilan ishonchsizlikni bartaraf etish uchun gaplashishimiz kerak", deydi Kuleba. 

U buning uchun maxsus komissiya tuzilganini qo‘shimcha qildi.

O‘z navbatida, Vengriya TIV rahbari uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida tomonlar ishonch muhitini tiklash uchun “ko‘p yo‘l bosib o‘tishlari kerakligini aytdi. 

Vengriyaning Ukrainaga qarshi asosiy shikoyatlari Zakarpatiyadagi etnik vengerlarning ahvoli bilan bog‘liq. Ularning huquqlari sakkiz yil avval, Ukraina hukumati milliy ozchiliklarga qarshi qonunlarni kuchaytirgach, poymol qilina boshlangan.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Ujgoroddagi uchrashuvda Vengriya talablarining 11 bandi sarhisob qilingani, ular Ukraina tomonidan o‘rganilishi ma’lum qilindi. Ushbu masalalar yuzasidan takliflar tayyorlaydigan hamda Vengriya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlariga taqdim etadigan ikki tomonlama komissiya tuzishga qaror qilindi.

Qayd etish joizki, Budapesht uzoq vaqtdan beri Kiyevdan Zakarpatiyadagi venger ozchiligining huquqlarini tiklashni talab qilmoqda va aks holda Ukrainaning Yevropa integratsiyasi istagini qo‘llab-quvvatlamasligi haqida bir necha bor ogohlantirgan. 2023 yil 8 dekabrda Oliy Rada Yevropa Kengashining maslahat organi bo‘lgan Venetsiya komissiyasining tavsiyalarini inobatga olgan holda milliy ozchiliklar huquqlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Hujjat Yevropa Ittifoqining rasmiy tillaridan foydalanadigan milliy ozchiliklar uchun til cheklovlarini bekor qilishni nazarda tutadi. Vengriya hukumati qonunning amalda qanday tatbiq etilishini ko‘rib chiqishini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:13
 
52
0
xs.uz

Olimlar keksa yoshli kishilar organizmida hosil boʻladigan xavfli moddani aniqladi

Xitoy olimlari yosh bilan bogʻliq ushbu xastalik Alsgeymer xavfini oshirishini aniqladi. Buning uchun suyaklardan ajralib chiqadigan sklerostin moddasi odam aqliy qobiliyati va ruhiy holatiga qanday taʼsir qilishi tadqiq etildi.Maʼlum boʻlishicha, keksa bemorlar suyaklarida koʻp miqdorda sklerostin hosil boʻlib, soʻng butun tana boʻylab tarqaladi. Mutaxassislar mazkur modda qon tarkibi va orqa miya suyuqligida ayniqsa yuqori darajasida boʻlishini oʻrgandi.Xoʻsh, bu nimani anglatadi?Ta

07 Mar 20:08
 
37
0
qalampir.uz

Elchixonadagi teraktdan bir yil o‘tib, Ozarbayjon diplomatlari Tehronga qaytadigan bo‘ldi

Ozarbayjon diplomatining o‘limi bilan nihoya topgan teraktdan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tib, Ozarbayjon Tehronga elchi yuborishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Jiddada Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv tafsilotlari haqida jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.  Eron rasmiysining ta’kidlashicha, uchrashuv chog‘ida Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi xodimini o‘ldirgan

08 Mar 18:26
 
41
0
qalampir.uz

Istanbul aeroporti Yevropadagi eng gavjum havo bandargohi sifatida tan olindi

Yevropa havo navigatsiyasi xavfsizligi tashkiloti (Eurocontrol) bir haftalik davrda Yevropadagi aviatsiya holati to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Istanbul xalqaro aeroporti hisobot haftasida kuniga o‘rtacha 1321 ta reys bilan Yevropaning eng gavjum aeroportlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.   Istanbul aeroportidan keyingi o‘rinlarni kunlik 1283 reys bilan Londondagi Xitrou aeroporti, 1266 reys bilan Amsterdamdagi Sxipxol aeroporti, 1169 reys bi

07 Mar 21:15
 
47
0
postda.uz

ЭҲ, ҚАНИЙДИ...

Бир киши кун бўйи ишлаб, уйига қайтарди. У гумбазлари ярқиллаб турган шоҳ саройи ёнидан ўтаркан, ўзича ўйлади: “Эҳ, қанийди, мен ҳам қирол оиласида туғилганимда эди, ҳаётим анча енгил кечарди...”Сўнгра бир маромдаги болға зарби ва бақир-чақир овозлар эшитилаётган шаҳар мар