calendar 30 Jan 12:39
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Eron harbiylariga zarba berishi mumkin – “Politico”

image

Amerika Prezidenti Jo Bayden Suriya-Iordaniya chegarasida AQSH kuchlariga qilingan hujumga qarshi javob choralarini ishlab chiqishni buyurdi, ehtimoliy takliflar qatorida Iroq va Suriyadagi Eron harbiy xizmatchilariga hujum ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Politico” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari AQSHdan boshqa hujumlarni qat’iy tarzda to‘sish va shu bilan birga Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada keskinlashuviga olib kelmaslik imkonini beradigan javob choralarining bir nechta variantini taqdim etishni talab qilgan. Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Pentagon javob choralari sifatida Suriya yoki Iroqdagi Eron harbiy xizmatchilariga, shuningdek, Eronning Fors ko‘rfazidagi harbiy-dengiz kuchlari ob’ektlariga zarba berishni ko‘rib chiqmoqda. 

Ta’kidlanishicha, Amerika rahbari ma’qullaganidan so‘ng, bir necha kun ichida javob choralari ko‘riladi, zarbalar bir nechta nishonlarga "to‘lqin shaklida" beriladi. Manbalarning aytishicha, Bayden yakuniy qaror qabul qilinmaguncha amaliyot boshlanmaydi. AQSHning  javob choralari Yaqin Sharqdagi vaziyatni ham yanada keskinlashtirishi mumkin. 

Kecha, 29 yanvar kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashingtonning mintaqadagi o‘z qo‘shinlari va manfaatlariga qilingan hujumlarga javobi ko‘p bosqichli bo‘lishi va bu vaqt talab qilishi mumkinligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar kuni Suriya-Iordaniya chegarasidagi al-Tanf hududidagi G‘arb koalitsiyasining harbiy bazasiga uchuvchisiz samolyot hujumi oqibatida 3 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan, 40 nafari yaralangandi. G‘azo sektorida Falastin-Isroil mojarosi avj olgandan beri Suriya va Iroqdagi Amerika harbiy bazalariga raketa va uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan holda hujumlar tez-tez uchramoqda. Eronga aloqador deb ko‘riladigan guruhlar AQSH Isroil armiyasiga harbiy yordam berishda davom etar ekan, Suriya va Iroqdagi qurolli amaliyotlar sonini oshirishlari haqida ogohlantirgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 01:24
 
46
0
xs.uz

Jo Bayden Putin va Szinpinning qoʻlidagi qoʻgʻirchoq — Donald Tramp

Donald Tramp AQSH prezidenti boʻlganida goʻyoki Rossiyaga 'Shimoliy oqim 2' gaz quvurini qurib, ishga tushirishga ruxsat bermagan. Biroq uning vorisi Moskvaga buni amalga oshirish imkoniyatini bergan.Siyosatchi bundan xulosa qiladiki, Jo Bayden Vladimir Putin va Si Szinpin va boshqa har qanday dunyo yetakchisi qoʻlidagi qoʻgʻirchoqdir.Buni Tramp oʻzining 'Truth Social' ijtimoiy tarmogʻida Amerika prezidentining Kongress aʼzolari oldidagi nutqiga izoh berib yozdi.U AQSHning amaldagi rahba

07 Mar 20:08
 
61
0
qalampir.uz

Turkiyada yana zilzila bo‘ldi

Turkiyaning Hatay viloyatida yana zilzila qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib, “Son dakika” nashri xabar berdi. Nashrning yozishicha, Turkiyaning Hatay viloyatida kecha 5 mart kuni  soat 10:15 da 4,0 magnitudali zilzila qayd etilgan. Zilzila 6.04 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgani aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shahar markazida sezilgan zilziladan hech qanday zarar yetmagan. Ma’lumot uchun, Turkiyaning Qandilli rasadxon

07 Mar 20:13
 
45
0
xs.uz

YI jang maydonida gʻalaba qozonish imkonini beruvchi yangi avlod qurollarini ishlab chiqarishi kerak — YK rahbari

Yevropa Ittifoqi (YI) aʼzo mamlakatlarga oʻzini himoya qilish va 'jang maydonida gʻalaba qozonish' imkonini beradigan yangi avlod qurollarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi kerak.Ushbu fikrlarni Yevrokomissiya (YK) rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa xalq partiyasining Buxarestda boʻlib oʻtgan qurultoyida aytib oʻtdi.'Yevropa Ittifoqi jang maydonida gʻalaba qozonish imkonini beradigan yangi avlod qurollarini ishlab chiqarishni taʼminlashi kerak va Yevropa xalq partiyasi oʻzini h

08 Mar 17:21
 
50
0
qalampir.uz

Rossiya armiyasi Xarkov viloyatini o‘qqa tutdi

Bugun, 8 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov viloyati Chuguyev shahriga raketa hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov va viloyat politsiyasining Telegram-kanallarida xabar berildi. Aytilishicha, hujum oqibatida do‘konlar, mehmonxona va 13 ga yaqin avtomobil zarar ko‘rgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi jarohatlangan. Oldinroq 7 mart kuni Rossiya harbiylari Sumi viloyatini o‘qqa tutg