calendar 30 Jan 11:12
eye 82
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Mossad” BMTning 190 nafar xodimini HAMASga yordam berishda aybladi

image

Isroil razvedka agentligi “Mossad” Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining (UNRWA) 190 nafar xodimini 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qilingan hujum paytida qotillik va odam o‘g‘irlashda ayblab, ularning ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Mossad hisobotiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, UNRWA’ning ushbu xodimlari 7 oktyabr kuni Isroilga uyushtirilgan hujumda HAMAS radikal harakatiga yordam berganlikda ayblanmoqda. 190 nafar ishchi agentlikning G‘azodagi 13 mingga yaqin kishini tashkil etadigan umumiy ishchi kuchining qariyb 15 foizini tashkil qiladi.

Bir qancha davlatlar, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Kanada tashkilotning ba’zi xodimlarining HAMAS bilan aloqalari borligi vaji bilan UNRWA'ni moliyalashtirishni to‘xtatdi. UNRWA komissari Filipp Lazzarini HAMASning Isroil janubiga hujumiga aloqador bo‘lgan bir necha agentlik xodimlarini ishdan bo‘shatishni buyurdi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa BMTning ichki nazorat xizmatlari boshqarmasi bu borada tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Antoniu Guterrish UNRWA’ni moliyalashtirishni to‘xtatgan davlatlarni o‘z qarorlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgandi. https://qalampir.uz/news/guterrish-garb-davlatlarini-insofga-chak-irdi-96623 
HAMAS esa UNRWA'ga qarshi ayblovlar kampaniyasi uni moliyalashtirishni to‘xtatish va Falastin xalqini ushbu tashkilotning yordamidan mahrum qilish uchun atayin amalga oshirilayotganini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
15
0
xs.uz

Qidiruvda boʻlgan erkak Turkiyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, poytaxt IIBB tomonidan qidiruvda boʻlgan 29 yoshli erkak Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda IIV'xabar berdi.Qayd etilishicha, 29 yoshli D.Y. IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Istanbul shahrida qoʻlga olingan.Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan yaqin oradagi IIOga yoki '102' qisqa raqamiga murojaat qil

31 May 08:50
 
117
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su

08 Jun 02:27
 
146
0
xs.uz

Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimch

17 May 21:47
 
470
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr