calendar 30 Jan 10:45
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putinning yana bir tanqidchisi qamoqxonadan g‘oyib bo‘ldi

image
Putin rejimi biz o‘ylagandan tezroq barbod bo‘ladi – Kara Murza north_east

Putin rejimi biz o‘ylagandan tezroq barbod bo‘ladi – Kara Murza

Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Vladimir Kara-Murza hozirda davlatga xiyonatda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Omskdagi qattiq tartibli koloniyada emas. Bu haqda bugun,  29 yanvar kuni advokat Vadim Proxorov “Agentstva” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kara-Murzaning himoyachilaridan biri 29 yanvar kuni Omskdagi 6-koloniyada muxolifatchini ko‘rishga uringan, biroq unga siyosatchi koloniyada yo‘qligi aytilgan.

Himoyachilarda Vladimir Kara-Murzaning Omskdagi koloniyadan ko‘chirilganini rasmiy tasdiqlovchi biror hujjat yo‘q. 

"Buni qamoqxona xodimi advokat o‘z mijozi bilan uchrashishi kerak bo‘lgan paytda aytdi", deb tushuntirdi Proxorov. 

Uning tushuntirishicha, Kara-Murzani ko‘rishga muntazam ravishda borib turadigan advokat oxirgi marta u bilan o‘tgan haftada uchrashgan.

Vadim Proxorov sodir bo‘layotgan voqealarni, xalqaro me’yorlarni buzish deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday mahbusni, ayniqsa, siyosiy mahbusni – qarindoshlari va advokatlari u bilan aloqada bo‘lmagan holatda saqlash taqiqlanadi. 

Proxorov Kara-Murza nima uchun olib ketilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishini qo‘shimcha qildi, ammo u "huquqni muhofaza qilish organlariga qo‘shimcha sabablar keltirmasliklari uchun" ularni aytmaydi.

Qayd etilishicha, Moskvaning Zamoskvoretskiy tuman sudida Vladimir Kara-Murza ishi bo‘yicha sud majlisi 6 fevralga belgilangan. Moskva shahar sudi veb-saytida aytilishicha, ish "jinoyat ishini yurituvchi mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi)ga tegishli.

Avvalroq uning do‘sti, huquq himoyachisi va jurnalist Aleksandr Podrabinek o‘zining Facebook'dagi sahifasida Kara-Murzaning Omsk koloniyasidan ko‘chirilgani haqida xabar bergan. Podrabinekning so‘zlariga ko‘ra, uch kun oldin u Kara-Murza saqlanayotgan Omskdagi 6-koloniyaga maktub yo‘llagan, ammo 29 yanvar kuni ertalab u “adresat boshqa muassasaga ketgan” degan javob olgan.

Ma’lumot uchun, Vladimir Kara-Murza “siyosiy nafratga asoslangan Rossiya armiyasi haqidagi soxta ma’lumotlarni ommaviy ravishda tarqatgan”likda ayblangan. Ayblovga siyosatchining AQSHning Arizona shtati Vakillar palatasi a’zolari oldidagi nutqi sabab bo‘ldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Kara-Murza Rossiya harbiylari Ukrainadagi turar-joylar, tug‘ruqxonalar, shifoxonalar va maktablarni bombardimon qilayotgani haqida “ataylab yolg‘on ma’lumot tarqatgan”.

Keyinchalik Kara-Murzaga nisbatan davlatga xiyonat va Rossiyada nomaqbul deb tan olingan tashkilot faoliyatini amalga oshirganlik uchun ish ochildi. 2023 yilning 17 aprel kuni siyosatchi 25 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilindi. Kara-Murza aybini tan olmadi. Oktyabr oyida u Omskdagi 6-koloniyaga o‘tkazildi. Bu vaqt ichida u bir necha bor jazo kamerasiga yuborilgan. Unga 14 ta rejimni buzganlikda ayblov qo‘yilgan, natijada u doimiy ravishda qoidabuzar deb topilib, jazoni o‘tashning qattiq shartlariga o‘tkazilgan. 

"Ular bu jazo kameralarini qiynoq usuli sifatida ishlatadi", deydi muxolifatchining rafiqasi Yevgeniya Kara-Murza.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Rossiyadagi yana bir qamalgan muxolifatchi Aleksey Navalniy Vladimir viloyatining Melexovo qishlog‘idagi 6-sonli axloq tuzatish koloniyasidan yo‘qolib qolgan, uning yaqinlari va advokatlari deyarli uch hafta davomida siyosatchi bilan bog‘lana olmagan edi. Keyinchalik u Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘ida joylashgan 3-sonli “Qutb bo‘risi” axloq tuzatish koloniyasiga ko‘chirilgani ma’lum bo‘ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m

25 Sep 13:14
 
16
0
xs.uz

Shifokor kuzda immunitetni mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berdi

Agar kuzda immunitet past boʻlsa, D3 vitamini miqdorini tekshirish kerak. Bu haqda terapevt Andrey Kondraxin maʼlum qildi.Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, vitamin D3 tanqisligi boʻlgan odamlar oʻzlarini zaif va charchagan his qilishlari mumkin.Shuningdek, shifokor kuzda shamollash ehtimolini kamaytirish uchun ob-havoga qarab kiyinishni maslahat beradi. Uning soʻzlariga koʻra, bu faslda juda yengil kiyinish buyraklar bilan bogʻliq muammolarga olib kelishi mumkin.Kondraxin shuningdek, aga

10 Oct 17:44
 
26
0
xs.uz

Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi

Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi adabiyot boʻyicha laureatlarni'eʼlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi.Maʼlum boʻlishicha, mukofot unga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining moʻrtligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berilgan. Yozuvchi 2016-yilda 'Vegetarian' romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qoʻlga kiritgan edi.Endi ertaga, 1

09 Oct 12:40
 
16
0
xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a