calendar 30 Jan 05:00
eye 122
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rishton kulollari amerikaliklar uchun mahorat darslari oʻtkazdi

image
Vashington shahrida 'Rishton kulolchiligi: Markaziy Osiyo kulolchilik sanʼatining gavhari' nomli koʻrgazma boʻlib oʻtmoqda.

Koʻrgazma doirasida Vashington shahridagi 'DC Clay Center' kulolchilik markazida rishtonlik kulollar sulolasi avlodlari ishtirokida keramika boʻyicha mahorat darsi va seminar oʻtkazildi.

'Dunyo' AA xabariga koʻra, tadbirda AQSH kulolchilik sanʼati ixlosmandlari, yetakchi sanʼatshunos olimlar va Amerika kulollari ishtirok etishdi. Shuningdek, USAID rahbari oʻrinbosari Anjali Kaur tinglovchi-shogird sifatida qatnashdi.

Mahorat darslari Rishton kulolchilik ishi va uning tarixi boʻyicha media-taqdimot, charxda Rishton idishlari shaklini yaratish texnikasi sirlari va idishlarni boʻyash hamda naqshlar bilan bezash texnikasi, shuningdek, giyohlardan pigmentatsiya boʻyoqlarini yaratish usullari mavzularida boʻlib oʻtdi.

Tadbir yakunida AQSHning 'ASU Trading LLC' savdo kompaniyasi va Rishton tumanidagi 'Exclusive Ceramic of Rishtan' masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida AQSH shtatlarida sopol mahsulotlarni sotish boʻyicha umumiy qiymati 3 million dollarlik distribyutorlik shartnomasi tuzildi.

Shuningdek, Rishton tumani hokimligi, USAID va 'DC Clay Center' studiyasi bilan birgalikda AQSHda 'Rishton kulolchiligi maktabi'ni tashkil etish, 'DC Clay Center' va 'Alexandria Clay Co-op' studiyalari bilan birgalikda yetti kunlik 'kulolchilik turizmi' paketini ishlab chiqish, Rishton tumani hokimligi, YUSAID va 'Rishton kulolchilik markazi' bilan birgalikda 'keramika-terapiyasi' ijtimoiy dasturini joriy etish toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi.

Amerikaning Virjiniya shtatidagi 'Alexandria Clay Co-op' kulolchilik studiyasida ham Rishton kulollari ishtirokida seminarlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
7
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

13 May 14:37
 
111
0
xs.uz

“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br

13 May 14:37
 
33
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa

13 May 14:37
 
104
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda

Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga