calendar 29 Jan 20:48
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Eron kosmosga birdaniga uchta sun’iy yo‘ldosh uchirdi (video)

image

Kecha, 28 yanvar kuni Eronda bir vaqtning o‘zida uchta sun’iy yo‘ldosh uchirildi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

Humayniy nomidagi kosmodromdan uchirilgan ikki bosqichli “Semurg‘” (Simorgh) raketasi yordamida kosmik kema orbitaga chiqarildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron kosmik tadqiqotlar markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va raketa uchirilishining aniqligini sinab ko‘rishga mo‘ljallangan og‘irligi 32 kg bo‘lgan Mahda sun’iy yo‘ldoshi, shuningdek, ikkita eksperimental Keyhan-2 va Hatef-1 nanosun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarilgan. Nanosun’iy yo‘ldoshlar aloqa va navigatsiya tizimlarini sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries Corporation kompaniyasi Shimoliy Koreya raketalarini uchirishni kuzatish va tabiiy ofatlardan yetkazilgan zararni baholash uchun mo‘ljallangan yangi Optical-8 razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
49
0
qalampir.uz

Qirg‘iziston ham Qorabog‘da maktab quradi

Qirg‘iziston tashabbusi bilan Qorabog‘ tizmasining etagida joylashgan Ag‘dam shahrida o‘rta ta’lim maktabi quriladi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bugun, 9 aprel kuni Bishkekda ozarbayjonlik mavqedoshi Jayhun Bayramov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi. Uchrashuv davomida Qirg‘izistonning tinchlik va qurilish jarayonini qo‘llab-quvvatlayotgani tahsinga loyiq ekani, Qirg‘iziston tashabbusi bilan Ag‘damning Xidirli qishlog‘ida qurilad

11 Apr 13:56
 
59
0
qalampir.uz

Japarov ikki qardosh davlatga boradi

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan ikki turkiy davlat – Qozog‘iston va Ozarbayjonga boradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Japarov 18-19 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchisi Dastan Dyushekeyev jurnalistlarga tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishini o‘tkazishini ma’lum qilgan. Tomonlar ikki tomonlam

11 Apr 14:01
 
37
0
xs.uz

Orenburgda 10 327 ta, Orskda esa 6995 ta turar-joy binosi suv ostida qoldi

'Orenburg viloyatida toshqin bilan bogʻliq keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. 9-aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 6:00 holatiga koʻra, 27 ta munitsipalitet hududidagi 73 ta aholi punkti va 29 ta bogʻ nodavlat shirkatidagi 10 327 ta turar-joy binolari va 12 821 ta xoʻjalik uchastkalari suv ostida qolgan', ' deyiladi xabarda.Rasmiylarga koʻra, yaqin kunlarda Ural va Samara daryolarida suv sathining yana besh santimetrdan qirq santimetrga koʻtarilishi kutilmoqda. Orenburgning bir qancha tuman

10 May 13:30
 
17
0
qalampir.uz

Diplomat eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qozog‘istonlik ayol vataniga qaytarildi

Avvalroq qozog‘istonlik diplomatning rafiqasi 10 yildan beri zo‘ravonlikka uchrayotganini aytib chiqqandi. Shundan so‘ng ayol Dubaydan vataniga qaytarildi. Bu haqda “NeMolchiKZ” fondi xabar berdi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlikka uchragan Karina Mamashning mamlakatga qaytish parvozini tashkil qilib bergan. Karinaning onasi hozir hammasi yaxshi ekanini ta’kidlab, qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan. B