calendar 11 Apr 14:01
eye 38
comments 0
comments Manba: xs.uz

Orenburgda 10 327 ta, Orskda esa 6995 ta turar-joy binosi suv ostida qoldi

image
'Orenburg viloyatida toshqin bilan bogʻliq keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. 9-aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 6:00 holatiga koʻra, 27 ta munitsipalitet hududidagi 73 ta aholi punkti va 29 ta bogʻ nodavlat shirkatidagi 10 327 ta turar-joy binolari va 12 821 ta xoʻjalik uchastkalari suv ostida qolgan', ' deyiladi xabarda.

Rasmiylarga koʻra, yaqin kunlarda Ural va Samara daryolarida suv sathining yana besh santimetrdan qirq santimetrga koʻtarilishi kutilmoqda. Orenburgning bir qancha tumanlari Janubiy Ural, Kuznechniy, Sitsovka, Vesenniy, Perovskiy, Forshtadt, Zauralnaya Roshcha, Ovchinniy Gorodok, Dubki, Nejinka, Stepanovskiy, Gorniy aholi punktlari va Ural daryosi tekisligidagi yozgi uylar suv toshqini ostida qolishi mumkin.

Orenburg viloyati gubernatori va maʼmuriyati matbuot xizmatining qoʻshimcha qilishicha, Orskda Ural daryosida suv sathining pasayishi kuzatilmoqda. U 35 см.га tushgan.

'Orskda shaxsiy tomorqaga ega 6995 ta turar-joy binosi suv ostida qolgan. Suv bosgan uylardan 2493 kishi, jumladan, 797 nafar bola evakuatsiya qilindi. Shaharda 12 mingdan ortiq oʻringa ega 16 ta vaqtinchalik joylashtirish markazlari ishga tushirildi, ularda 1463 kishi, shu jumladan 240 nafar bolalar joylashadi', deyiladi rasmiy xabarda.

Janubiy Ural hududlari bu yil misli koʻrilmagan toshqinlarga duch keldi. Eng qiyin vaziyat Orenburg viloyatida. 5-aprel, juma kuni Orsk shahrini Ural daryosidan himoya toʻgʻoni buzildi. Rasmiylar Eski shahar aholisini ommaviy evakuatsiya qilishni amalga oshirdi. Viloyatda federal miqyosda favqulodda holat joriy etildi, voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Kurenkov yetib keldi.

Kun davomida suv toshqini zonasida 3,9 mingga yaqin turar-joy binolari va 8,7 ming tomorqa yerlari boʻlgan.

Mintaqa maʼmuriyati toshqindan koʻrilgan zararni 21 milliard rublga baholamoqda.

Orsk meriyasining 'RIA Novosti' agentligiga maʼlum qilishicha, suv bosgan shaharda toʻrt kishi halok boʻlgan, biroq ularning oʻlimi suv toshqini bilan bogʻliq vaziyat bilan bogʻliq emas.

Kurgan viloyatida mintaqaviy darajadagi favqulodda holat rejimi amal qiladi. Rosgidromet va Qozogʻiston gidrometlarning prognozlariga koʻra, Tobol daryosidagi suv sathi 11 metrdan oshadi. Rasmiylar aholini evakuatsiya qilishga chaqirdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi prognoziga koʻra, suv toshqini zonasida 62 ta aholi punkti, 4300 ta uy, 5550 ta tomorqa va 600 ta yozgi uy boʻlishi mumkin. Gubernatorning aniqlik kiritishicha, Kurgan tahdid ostida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
49
0
qalampir.uz

Qirg‘iziston ham Qorabog‘da maktab quradi

Qirg‘iziston tashabbusi bilan Qorabog‘ tizmasining etagida joylashgan Ag‘dam shahrida o‘rta ta’lim maktabi quriladi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bugun, 9 aprel kuni Bishkekda ozarbayjonlik mavqedoshi Jayhun Bayramov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi. Uchrashuv davomida Qirg‘izistonning tinchlik va qurilish jarayonini qo‘llab-quvvatlayotgani tahsinga loyiq ekani, Qirg‘iziston tashabbusi bilan Ag‘damning Xidirli qishlog‘ida qurilad

11 Apr 13:56
 
59
0
qalampir.uz

Japarov ikki qardosh davlatga boradi

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan ikki turkiy davlat – Qozog‘iston va Ozarbayjonga boradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Japarov 18-19 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchisi Dastan Dyushekeyev jurnalistlarga tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishini o‘tkazishini ma’lum qilgan. Tomonlar ikki tomonlam

10 May 13:30
 
17
0
qalampir.uz

Diplomat eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qozog‘istonlik ayol vataniga qaytarildi

Avvalroq qozog‘istonlik diplomatning rafiqasi 10 yildan beri zo‘ravonlikka uchrayotganini aytib chiqqandi. Shundan so‘ng ayol Dubaydan vataniga qaytarildi. Bu haqda “NeMolchiKZ” fondi xabar berdi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlikka uchragan Karina Mamashning mamlakatga qaytish parvozini tashkil qilib bergan. Karinaning onasi hozir hammasi yaxshi ekanini ta’kidlab, qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan. B

10 May 21:10
 
38
0
qalampir.uz

Ramzan Qodirovning jiyani “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 27 yoshli jiyani Hamzat Qodirov “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 10 may kuni Rossiya Davlat Dumasiga Chechenistondan saylangan deputat Adam Delimxonov ma’lum qildi.  Uning yozishicha, orden bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzolagan. Mukofot berilishining aniq sabablari noma’lum. Delimxonov o‘z postida Hamzat Qodirov Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining boshidan