calendar 11 Apr 13:56
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qirg‘iziston ham Qorabog‘da maktab quradi

image

Qirg‘iziston tashabbusi bilan Qorabog‘ tizmasining etagida joylashgan Ag‘dam shahrida o‘rta ta’lim maktabi quriladi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bugun, 9 aprel kuni Bishkekda ozarbayjonlik mavqedoshi Jayhun Bayramov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida Qirg‘izistonning tinchlik va qurilish jarayonini qo‘llab-quvvatlayotgani tahsinga loyiq ekani, Qirg‘iziston tashabbusi bilan Ag‘damning Xidirli qishlog‘ida quriladigan o‘rta maktab ham bunday qo‘llab-quvvatlashning yorqin namunasi ekani alohida ta’kidlangan.

Ta’kidlash joizki, 2021 yilning aprel oyida O‘zbekiston ishg‘oldan ozod etilgan Qorabog‘da Ozarbayjonga tuhfa sifatida maktab qurishi haqida xabar bergan edik. Oradan ikki yil o‘tib, 23 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi Mirzo Ulug‘bek maktabini ochib berdi.

Joriy yilning 12 mart kuni esa Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Qorabog‘dagi Fuzuliy shahriga borib, qozoq xalqi nomidan bunyod etilgan qozoq bastakori Kurmanqazi nomidagi Bolalar ijodiyoti markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan borishi haqida xabar bergan edik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
57
0
xs.uz

Turkiya Qora dengizning strategik urush maydoniga aylanishiga yoʻl qoʻymaydi

Turkiya Qora dengizning harbiy amaliyotlar maydoniga aylanishiga ruxsat bermaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Yashar Gyuler 'Politico' gazetasiga bergan intervyusida vaʼda berdi.'Biz Qora dengizning strategik urush maydoniga aylanishiga yoʻl qoʻymaymiz', dedi siyosatchi.Uning qoʻshimcha qilishicha, Turkiya hozirda Rossiya va Ukrainani yuqori darajadagi muzokaralarda birlashtirishga muvaffaq boʻlgan yagona davlatdir.Gyuler, shuningdek, Turkiya Ukrainadagi mojaroda muvozanatli pozitsiyan

14 Jun 15:43
 
27
0
qalampir.uz

O‘zbekiston Rossiya bilan turizm bo‘yicha aloqalarni rivojlantirmoqchi

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov Rossiya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan “Sayohat qil” turizm forumida so‘z ochgan.  “Rossiya va O‘zbekiston turizm sohasida hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega, biz faolroq va keng ko‘lamda hamkorlik qilishimiz kerak. O

17 Jun 15:58
 
38
0
qalampir.uz

Rossiya bilan muzokaralar bo‘ladi, ammo ultimatumlarsiz – Kuleba

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytishicha, Ukraina Rossiya bilan muloqotga kirishishi kerak, lekin Kreml tomonidan qo‘yilgan ultimatumlar tilida emas. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” nashri xabar berdi. “Biz Rossiya bilan gaplashishimiz kerak bo‘ladigan vaqt kelishini ham yaxshi tushunamiz. Lekin bizning pozitsiyamiz aniq: biz Rossiyaga hozirgidek ultimatum tilida gapirishga yo‘l qo‘ymaymiz”, deydi Tashqi ishlar vaziri. Uning ta’kidlashi

15 Jun 13:33
 
15
0
qalampir.uz

Putin Ukrainada Rossiyaning qancha fuqarosi jang qilayotganini ochiqladi

Ukrainaga qarshi urushda qariyb 700 ming rossiyalik harbiy xizmatchi qatnashmoqda. Bu haqda Vladimir Putin kecha, 14 iyun kuni “Qahramonlar vaqti” dasturi ishtirokchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi. O‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Prezidenti jangovar zonada 617 ming harbiy xizmatchi bo‘lganini aytgandi. Aprel oyida Mudofaa vazirligi yil boshidan buyon 100 mingdan ortiq kishi shartnoma asosida harbiy xizmatga kirganini e’lon qildi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zel