calendar 15 Jun 13:33
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putin Ukrainada Rossiyaning qancha fuqarosi jang qilayotganini ochiqladi

image

Ukrainaga qarshi urushda qariyb 700 ming rossiyalik harbiy xizmatchi qatnashmoqda. Bu haqda Vladimir Putin kecha, 14 iyun kuni “Qahramonlar vaqti” dasturi ishtirokchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Prezidenti jangovar zonada 617 ming harbiy xizmatchi bo‘lganini aytgandi. Aprel oyida Mudofaa vazirligi yil boshidan buyon 100 mingdan ortiq kishi shartnoma asosida harbiy xizmatga kirganini e’lon qildi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yanvar oyida Ukraina armiyasi xizmatchilari 880 ming kishini tashkil etishini aytgan bo‘lsa, bir oy avval Qurolli kuchlarda 600 mingga yaqin odam jang qilayotganini bildirildi.

Dekabr oyida Rossiya Qurolli kuchlarining soni 2 209 130 kishiga, shu jumladan 1 320 000 harbiy xizmatchiga ko‘tarildi. Mudofaa vazirligi qurolli kuchlarning maksimal quvvati 170 ming kishiga oshirilganini ma’lum qildi.

“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarida harbiy xizmatchilar sonini ko‘paytirish shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan fuqarolar hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.

O‘tgan yilning iyun oyida Putin sudlangan fuqarolarni shartnoma asosida frontga jalb qilishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzolagan edi. Shartnoma bo‘yicha xizmatga faqat og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar, shu jumladan terrorizm va davlatga xiyonat sodir etganlikda ayblangan shaxslar qabul qilinishi mumkin emas.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 10:00
 
59
0
qalampir.uz

Xitoy bojxonasida shimiga 100 dan ortiq ilon yashirgan erkak ushlandi (video)

Xitoy bojxonachilari 100 dan ortiq kam uchraydigan ilonni shimining ichiga solib kelayotgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.   Mazkur shaxs Gonkong va Shenchjen o‘rtasidagi nazorat o‘tkazish punktida o‘z harakatlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarida shubha uyg‘otgach, darhol to‘xtatilgan. “Erkak shimida 104 ta tirik ilonni kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tayotganida ushlandi. Shimning ichidagi oltita

26 Jul 10:19
 
26
0
qalampir.uz

Eronning sobiq prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodga nisbatan joriy yilning 15 iyul kuni suiqasd uyushtirilgani va u muvaffaqiyatsiz tugagani haqida xabarlar ochiqlandi. Bu haqda “Iran International” ma’lum qildi. Shu kuni kechqurun Ahmadinajod va uning hamrohlari Muharram diniy motam marosimi uchun Zanjon shahriga yo‘l olgan. Sobiq prezidentning bosh xavfsizlik xodimi Ahmadinajodning asosiy avtomobili – Toyota Land Cruiser'ni ko‘zdan kechirgan va hali ham ishlamay qolga

26 Aug 12:29
 
26
0
xs.uz

Pavel Durov Fransiyada qamaldi

Telegram asoschisi Pavel Durov Ozarboyjondan Parijga oʻz shaxsiy samolyotida qoʻnganida aeroportda qoʻlga olingan.Uni huquq tartibot organlari Durovni 'narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik'da ayblamoqda. Bunga sabab qilib Messenjerda moderatsiya yoʻqligi va qonunni himoya qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikdan bosh tortgani koʻrsatilmoqda.Durovga nisbatan bir qator ayblovlar ilgari surilgan va Fransiya fuqarosi sifatida sudlanishi aytilmoqda. Agar ayblar

12 Jul 20:10
 
115
0
qalampir.uz

Estoniya Bosh vaziri iste’foga chiqishi mumkin

Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas joriy yilning 15 iyul kuni Alar Karisga o‘z iste’fosini taqdim etishi mumkin. Bu haqda ERR davlat teleradio portali xabar berdi. Qayd etilishicha, agar Bosh vazir iste’foga chiqsa, respublika hukumati to‘liq iste’foga chiqadi. Prezident parlamentdagi partiyalar vakillari bilan maslahatlashganidan so‘ng hukumat rahbari lavozimiga navbatdagi nomzodni vazirlar mahkamasida shakllantirishni taklif qiladi. Yangi hukumat iyul oxiri – avgust oyining