calendar 12 Jul 20:10
eye 185
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Estoniya Bosh vaziri iste’foga chiqishi mumkin

image

Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas joriy yilning 15 iyul kuni Alar Karisga o‘z iste’fosini taqdim etishi mumkin. Bu haqda ERR davlat teleradio portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, agar Bosh vazir iste’foga chiqsa, respublika hukumati to‘liq iste’foga chiqadi. Prezident parlamentdagi partiyalar vakillari bilan maslahatlashganidan so‘ng hukumat rahbari lavozimiga navbatdagi nomzodni vazirlar mahkamasida shakllantirishni taklif qiladi. Yangi hukumat iyul oxiri – avgust oyining boshida ish boshlashi kutilmoqda.

Bildirilishicha, Kallasning iste’fosi Yevropa Kengashi iyun oyi oxirida uning Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili lavozimiga tayinlanishini ma’qullagan paytga to‘g‘ri keldi. U oktyabr oyida Yevropa Ittifoqining amaldagi diplomatiya rahbari Josep Borrelning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kaya Kallas estoniyalik huquqshunos, siyosatchi va davlat arbobi bo‘lib, 2021 yilning 26 yanvaridan Estoniya Bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Islohotlar partiyasi raisi, Yevropa Liberallar va Demokratlar Alyansi va Estoniya parlamenti tarkibidagi Yevropa parlamentining sobiq a’zosi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
37
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

20 Mar 12:50
 
33
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

06 Mar 16:12
 
59
0
xs.uz

Zelenskiy keyingi hafta Tramp bilan uchrashishni reja qilmoqda, biroq endi yolgʻiz bormoqchi emas

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hamda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy kelasi haftada Tramp bilan uchrashish uchun AQShga borishni reja qilishmoqda. Bu haqida 'The Kiyiv Independent' nashri maʼlumot berdi.Nashrning xabar berishicha, ushbu tashrifning asosiy maqsadi 'umumiy front' sifatida harakat qilish hamda Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha qoʻshma rejani taqdim etishdan iborat hisoblanadi.Maʼlumotlarga koʻra, Starmer hamda Makron Yevr

22 Mar 08:54
 
33
0
xs.uz

Eynshteynning mashhur surati rekord narxga sotildi

Bu surat 1951-yil 14-martda fotograf Artur Sass tomonidan olingan. Oʻsha kuni Eynshteyn oʻzining 72 yoshini nishonlagan, ziyofat tugagach, u doʻstlarining uyiga olib borib qoʻyish taklifidan foydalangan. Olim avtomobilga oʻtirishi bilanoq, reportyor undan suratga tushishni soʻragan. Kameralardan charchagan olim buning oʻrniga tilini koʻrsatgan ' shu tariqa ramziy kadr paydo boʻlgan.Keyinchalik Eynshteyn gazetada ushbu suratni koʻrib, imzo chekish va doʻstlariga sovgʻa qilish uchun un