calendar 27 Jan 22:12
eye 81
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston–Buyuk Britaniya: amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

image
Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, madaniy-gumanitar yoʻnalishlarda aloqalarni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, moliyaviy va texnologik sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun ikki davlatning salohiyati yetarli. Bu borada amaliy mexanizm va tashabbuslarni ishga solish, jumladan, savdo vakillarini tayinlash orqali yangi loyihalarni amalga oshirish lozimligi taʼkidlandi.

Т.Axmad Oʻzbekistonga 'GSP Enhanced' umumiy imtiyozlar tizimining kengaytirilgan sxemasining benefitsiari maqomi berilganini alohida qayd etib, Britaniya bozorida talab qilinadigan mahsulotlar eksportini oshirish istiqbollariga toʻxtalib oʻtdi.

Oʻz navbatida Т.Norboyeva Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralari vakillarini 2024-yil may oyida boʻlib oʻtadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif qildi.

Suhbat davomida taʼlim sohasidagi hamkorlikka ham eʼtibor qaratilib, Oʻzbekistonda Buyuk Britaniya yetakchi universitetlarining filiallarini ochish, malakali oʻqituvchilarni jalb qilishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Bugun barcha mamlakatlar kun tartibida iqlim oʻzgarishi masalasi dolzarb boʻlgani inobatga olinib, mazkur yoʻnalishda yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ayniqsa, qurgʻoqchilik va suv tanqisligiga qarshi kurashish, bunda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish yoʻnalishida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
18
0
xs.uz

Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini m

27 Jan 00:53
 
28
0
xs.uz

Mehnat kodeksida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilmoqda

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta'minlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish bo'yicha tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Mazkur Qonun bilan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 'Yagona milliy mehnat tizimi' idoralararo dasturiy-apparat majmuid

27 Jan 00:53
 
27
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining '2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻlida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.2025-yilda aholini ish bilan taʼminlash dasturi doirasida 5,2 million aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Bu maqsadda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbu

27 Jan 00:53
 
28
0
xs.uz

Prezident Farmoni bilan “Made in Uzbekistan” dasturi ishga tushiriladi

Oʻzbekiston Prezidentining 2025'2027-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlarni keng targʻib qilishga qaratilgan.Farmon doirasida bir qator maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan boʻlib, 2025-yilda eksportni 4 milliard, 2026-yilda 5 milliard, 2027-yilga kelib esa 7 milliard AQSH dollariga