calendar 27 Jan 10:37
eye 89
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston va Niderlandiyaning inson huquqlari sohasidagi hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi

image
Suhbat davomida Ombudsman institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish boʻyicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik haqida maʼlumot berildi.

Elchi Niderlandiya va Oʻzbekistonning inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi tajribasiga toʻxtalar ekan, har ikkala davlatda ham oʻlim jazosining bekor qilinganiga urgʻu berdi. 'Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻlim jazosi taqiqlangani mamlakatingizda inson hayotining oliy qadriyat ekanligini koʻrsatdi. Niderlandiya Qirolligi dunyo hamjamiyatini ham shunga targʻib qiladi va bu borada Oʻzbekistonni saʼy-harakatlarni birlashtirishga chaqiradi. Shuningdek, har ikkala davlat Ombudsmanlari oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor ekanligimni bildiraman', - dedi Elchi Niko Sxemers.

Oʻzaro muloqot davomida Markaziy Osiyo davlatlaridagi inson huquqlari milliy institutlarini va fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
17
0
xs.uz

Buxorodan Qoʻqonga borishga endi bir soatu 20 daqiqa kifoya

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Endilikda buxoroliklar va koʻhna shaharga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarning Fargʻona vodiysiga, aniqrogʻi, qadimiy Qoʻqon shahriga borishlari uchun 1 soatu 20 daqiqa kifoya qiladi. 'Silk Avia' aviakompaniyasi 'Qoʻqon ' Buxoro ' Qoʻqon' yoʻnalishida dastlabki parvozni amalga oshirdi.'Buxoro' xalqaro aeroportida zamonaviy havo kemasida uchib kelgan vodiylik mehmonlar tantanali kutib olindi. Ular kun davomida qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylarini t

25 Sep 13:14
 
16
0
xs.uz

2 dona alkogol qonunbuzarni fosh qilib qoʻydi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Andijon viloyatida katta miqdordagi isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldini oldi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati, Boʻston tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu holat aniqlangan.Qayd etilishicha, 'T.M.' MCHJga tegishli spirtli ichimliklar savdo doʻkoni sotuvchisi Z.K. xaridorga 2 dona alkogol

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta

03 Sep 21:35
 
20
0
xs.uz

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlariga oid muhim Qonun qabul qilindi

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi normalar mavjud boʻladi.Shuningdek, tadbirkorlik