calendar 26 Jan 12:01
eye 121
comments 0
comments Manba: postda.uz

YUKSAK ISHONCH

image

Shofirkon tumani “Denov” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika katta inspektori, kapitan Ibrohim A'zamovning kasbiga sadoqati va zimmasidagi vazifalarga munosabatini ko‘pchilikka ibrat qilsa arziydi. U 2017 yildan beri ichki ishlar organlarda, qariyb ikki yildan oshiqroq egallab turgan lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘tgan yil davomida erishgan yutuqlaridan asosiysi mahalladagi tillafurushlarning 46 ta noqonuniy faoliyatiga chek qo‘ydi. 

Kapitan I.A'zamov nafaqat o‘z hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, balki tuman miqyosida o‘tkazib kelinayotgan profilaktik targ‘ibot tadbirlarida ham faol ishtirok etyapti. Birgina misol, qo‘shni “Do‘rmon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.X. ilgari o‘g‘rilik jinoyatini sodir etib, yashirinib yurgandi. Ushbu shaxs yashiringan manzilni aniqlagan lavhamiz qahramoni hududiy profilaktika inspektori, mayor N.Mirzaev bilan o‘sha xonadonga borishadi. Uy sohibi bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida u H.X. yashiringan joyni ko‘rsatadi. Shunday qilib, qidiruvdagi shaxs ushlanadi. 

  Qisqasi, xalq xizmatida bo‘lishni sharaf deb bilgan kapitan I.A'zamov uning yuksak ishonchiga sazovor bo‘lmoqda.

Mirzoqul AHADOV,

o‘z muxbirimiz.

Buxoro viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.

31 May 08:50
 
45
0
xs.uz

Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril

31 May 08:51
 
70
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava

31 May 08:51
 
123
0
xs.uz

Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do