calendar 26 Jan 12:00
eye 51
comments 0
comments Manba: xs.uz

Gʻaflatda qolmaslik, milliy oʻzlikni anglash bugungi kunning global masalasi

image
Smolin va u kabi fikr bildiruvchilarning xatti-harakatlari, oʻylab-oʻylamay soʻz aytishlarini nafaqat bizga nisbatan katta haqorat, balki Rossiya davlatining mavqeiga chaplangan katta dogʻ sifatida baholash mumkin. Negaki, bunday fikrlar aytish bilan doʻst davlatning ayrim fuqarolari oʻz yurtining agressiya tarafdori sifatida namoyon boʻlishini istashayotganini koʻrsatib beradi. Bunday chiqishlardan kutilayotgan maqsad har qanaqa jihatdan ham mantiqsizlikdir, aslida. Shu bilan bir qatorda, bu 'strategik hamkor davlatlarning xalqaro darajada bir-birining suverenitetini tan olganligi haqidagi kelishuvlariga nisbatan ishonchsizlikdir.

Shu oʻrinda ushbu haqoratli fikrlar boʻyicha savol qoʻyadigan boʻlsak, unda oʻzbek, ozarbayjon va qozoq xalqlari qaysi asoslarga koʻra tashkil etildi? Ular qaysi asoslarga tayanib nomlandi? Bu savollarning oʻziyoq 'yasama' tarixchining salohiyati haminqadarligini yana bir bor ochib beradi.

Agar tarixiy manbalarga murojaat qiladigan boʻlsak, oʻzbek nomi XIII asrda vujudga kelganini koʻrishimiz mumkin. Buni Dashti Qipchoqda yashovchi qabilalarga nisbatan arab manbalarida oʻzbek nomi ishlatilgani tasdiqlaydi.

Tarix fanlari doktori, professor Shamsiddin Kamoliddinning ilmiy tadqiqotlariga koʻra, XVI ' XVIII asrlarda Gʻarbiy Yevropada nashr etilgan dunyoning siyosiy xaritalarida Oʻrta Osiyo hududlari 'Usbek' ('Usbec', 'Usbeck', 'Vsbek'), 'Usbekia' ('Usbechia'), uning ayrim qismlari esa 'Usbek Bucharia', 'Usbek Bochara', 'Usbek Chowaresmia', 'Usbek Mawaralnahra', 'Usbek Turkistan', 'Usbek Turan', 'Usbek Tartaria', 'Us-bek Zagatay' singari nomlar bilan atalgan. Usbeck, Usbekia va html5-dom-document-internal-entity1-Ouml-endzbegistan kabi nomlar bilan atalgan tarixiy xaritalar jami 200 dan koʻp. Bu xaritalar shundan dalolat beradiki, 'Oʻzbekiston' atamasi 1924-yilda ruslar tomonidan oʻylab topilgan emas, u Oʻrta asrlarda Yevropaning siyosiy va tarixiy-geografik tizimida ishlatilgan.

Yevropaliklar tomonidan Oʻrta Osiyo mintaqasining XVI ' XVIII asrlarda nashr etilgan xaritalari ichida yunon sayohatchisi Vasilio Vatatzining 1732-yilda Londonda chop qilingan 'Kaspiy dengizi va Orol dengizi xaritasi' alohida ahamiyatga ega. Orol dengizidan boshlab Pomir togʻlariga qadar hududlarni oʻz ichiga oluvchi Amudaryo havzasidagi barcha yerlar xaritada 'html5-dom-document-internal-entity1-Omega-endZMPE-GIhtml5-dom-document-internal-entity1-Sigma-endTAN', yaʼni 'Oʻzbekiston mamlakati' deb koʻrsatilgan. Daniyalik xaritashunos Abraxam Maasning Sankt-Peterburgda chizilgan 'Kaspiy dengizi va Oʻzbek mamlakati xaritasi'da esa bugungi kunda mamlakatimiz joylashgan mintaqa hududi 'Usbek', qoʻlyozmasida 'Usbekia' toponimi bilan koʻrsatilgan. Bu xarita muallifi Rossiya hukmdori Petr I davrida Rossiya Fanlar akademiyasi Rus geografik jamiyatining kartografik boʻlimi boshligʻi sifatida xizmat qilgan vaqtda ishlab chiqilgan.

Tarixiy xaritalardagi maʼlumotlarni yozma manbalarda keltirilgan dalillar ham tasdiqlaydi. Masalan, safaviylar sulolasiga mansub Eron shohi Tahmasp I (1524 ' 1576) Movarounnahrda joylashgan Shayboniylar davlatini 'Oʻzbekiston' deb atagan. 1562-yilda ispan tarixchisi Garsiya da Orta Oʻrta Osiyoda joylashgan 'Oʻzbek mamlakati' haqida soʻz yuritgan. XVII asrda Buxoro shahrida yashab ijod qilgan Turdi Farogʻiy oʻzining oʻzbek va fors tilida bitilgan sheʼrlarida oʻz mamlakatini 'Oʻzbek yurti' va 'Oʻzbekiston' deb atagan.

Ushbu ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan maʼlumotlar shovinist Mixail Smolin tomonidan aytilgan 'oʻzbeklar, qozoqlar va ozarbayjonlar hech qachon mavjud boʻlmagan, inqilobdan keyin Lenining panohida volyuntaristik tarzda xaritalarni oʻzgartirishlar boshlandi, RSFR parchalandi, undan yasama millatlar yasaldi' degan iddaolar zamiri puch ekanligini roʻyirost ochib beradi.

Agar shaxsiy fikrlar ostida qadimgi davrlarda turkiy qabilalar Sibirdan Oʻrta yer dengizigacha boʻlgan hududda yashagani haqidagi tarixiy haqiqatlarni soʻzlasak va hududiy daʼvolarni ilgari sursak, Smolinda ham biz hozir his qilayotgan tuygʻular uygʻonishi tabiiy. Bugun oʻzaro hamjihat boʻlgan, bir-birining yaxshi-yomon kunida yelkadosh boʻlgan xalqlar orasiga bunday tarzda nifoq solish haqiqiy Vatan xoinining xatti-harakatidir, nazarimizda. Bunday vaziyatda rus ilmiy jamoatchiligi va tarixchilari tomonidan tarixiy haqiqatlarning asl mohiyati boricha ochib berilishi hamda Smolin kabi fikrlovchilarga barcha xalqlar tarixi va qadariyatlarini hurmat qilishga chaqiruvlar yangrashi kerak. Nafrat tuygʻularining uygʻonmasligi uchun ham bu ish amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

Shaxsiy fikr niqobi ostida yirik telekanallar orqali yangrayotgan bu kabi qarashlar va bayonotlar xalqlarimizning asliy qadriyatlariga mutlaqo zid boʻlib, bunday chiqishlar zamirida yotgan maqsadlar barchani birdek sergak torttiradi. Ishonchimiz komilki, niyati sof boʻlmagan kimsalarning bu taxlit yangragan turli igʻvoli fikrlari Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik hamkorlik, doʻstona munosabatlar va oʻzaro ishonch asosiga qurilgan mustahkam rishtalarga daxl qila olmaydi.

Ayni vaqtda Rus knyazliklarini Oltin Oʻrda zulmidan ozod qilgan buyuk sarkarda Amir Temur kabi uzoqni koʻzlab, hissiyotga berilmasdan, mantiqqa tayanib qaror qabul qilish barcha uchun manfaatli boʻladi. Smolin esa Tretyakovskiy cherkovi muzeyida saqlanayotgan Bibi Maryam ikonasi tarixini chuqurroq oʻrganib chiqsa, vijdoni oldida qanday mashaqqat turganini koʻproq anglagan boʻlardi.

Nodir JUMAYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

iqtisodiyot fanlari doktori, professor.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
12
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

25 Sep 13:14
 
17
0
xs.uz

Toshkentda oʻqituvchi 6-sinf oʻquvchisini kaltakladi

Bildirilishicha, voqea Chilonzor tumanidagi 188-maktabda 23-sentyabr kuni taxminan soat 15:00 lar atrofida, ikkinchi smenada 6-'V' sinfida rus tili fani darsida sodir boʻlgan.Dars vaqtida oʻquvchi E.G. oʻqituvchi R.O.ga gap qaytargan va tortishib qolgan. Soʻngra oʻqituvchi oʻquvchini qulogʻidan choʻzgan, oʻtirgan joyidan partasidan tortib olib chiqqan va uning yuziga tarsaki tushirgan.Qayd etilishicha, oʻquvchiga tan jarohati etmagan, salomatligi joyida. Biroq voqeadan xabar topgan oʻ

09 Oct 12:39
 
13
0
xs.uz

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi'xabar berdi.Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.Farmonga koʻra, chiqindil

09 Oct 12:39
 
23
0
xs.uz

Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti