Dars vaqtida oʻquvchi E.G. oʻqituvchi R.O.ga gap qaytargan va tortishib qolgan. Soʻngra oʻqituvchi oʻquvchini qulogʻidan choʻzgan, oʻtirgan joyidan partasidan tortib olib chiqqan va uning yuziga tarsaki tushirgan.
Qayd etilishicha, oʻquvchiga tan jarohati etmagan, salomatligi joyida. Biroq voqeadan xabar topgan oʻquvchi E.G.ning ota-onasi oʻqituvchining bu xatti-harakati yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, rus tili fani oʻqituvchisi R.O. sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, rasman ishga qabul qilingani boʻyicha hali buyruq chiqmagan. Yuqoridagi voqea esa uning dastlabki ish kunida sodir boʻlgan.
'
Respublika pediatriya markazida O‘zbekistonda ilk bor videokapsula endoskopiyasi joriy qilindi — SSV
Tadbirdan ko'zlangan maqsad soha mutaxassislariga bolalarda uchraydigan hazm a'zolari va ichak kasalliklarini zamonaviy vedokapsulali endoskopiya orqali aniqlash haqida ma'lumot berish hamda uni amaliyotga joriy etishdan iborat.Ta'kidlash lozimki, mazkur innovatsion usul bolalarda ko'p uchraydigan oshqozon-ichak kasalliklariga barvaqt va samarali tashxis qo'yish imkonini beradi.Ushbu qurilma raqamli texnologiya va mikroelektronika sohasidagi eng so'nggi yutuqlarni o'zida jamlagan bo'lib, ingichk
Oʻzbekiston delegatsiyasi Ar-Riyodda Xalqaro gumanitar forumda ishtirok etdi
2025-yil 24-25-fevral kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 4-Xalqaro gumanitar forum boʻlib oʻtdi. Unda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov rahbarligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.KSrelief va BMT tomonidan tashkil etilgan ushbu forum global gumanitar muammolarni muhokama qilish, insonparvarlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish va innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Tadbirda xalqaro tashkilotlar va
2025-yilgi Davlat byudjeti parametrlari va yangi vakolatlar yuzasidan seminar oʻtkazildi
2025-yil 27-fevral kuni Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi bilan hamkorlikda mahalliy Kengashlarning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari uchun seminar tashkil etdi.Seminarda 2025-yilgi Davlat byudjeti taqsimoti, ijtimoiy himoya va mahalliy byudjetlar vakolatlari boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.Taʼkidlanishicha, D
8-mart kuni qaysi hududlarda qor yogʻishi aytildi
'Oʻzgidromet' 8-mart kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduz 10-12 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja ili