Respublika pediatriya markazida O‘zbekistonda ilk bor videokapsula endoskopiyasi joriy qilindi — SSV

Ta'kidlash lozimki, mazkur innovatsion usul bolalarda ko'p uchraydigan oshqozon-ichak kasalliklariga barvaqt va samarali tashxis qo'yish imkonini beradi.
Ushbu qurilma raqamli texnologiya va mikroelektronika sohasidagi eng so'nggi yutuqlarni o'zida jamlagan bo'lib, ingichka va yo'g'on ichakni oson, qulay va og'riqsiz tashxislaydi. Shu bilan birga, ichaklardagi patologiyalarni yuqori sifatli tasvirga olish orqali ularni shifokorlarga onlayn vaqt oralig'ida ko'rsatib boradi.
Qolaversa, u bemor bolalarning funksional diagnostikasi yo'nalishida afzal usullardan hisoblanib, qator qulayliklarga ega.
Jumladan:
' bemor uchun og'riqsiz va sun'iy uxlatishni talab etmaydi;
' teshiruv davomida tanaga zararli ta'sir qilmaydi;
' u bir martalik va steril bo'lib, bemor organizmiga tashqaridan infeksiya tushish xavfining oldini oladi;
' tekshiruv payti bemor erkin harakat qilish, mobil aloqadan foydalanish kabi harakatlarni bajarishi mumkin;
' ingichka ichak rentgenografiyasi bilan solishtirganda oshqozon-ichaklarda yashirin qon ketish sabablarini 70 foizgacha aniqlikda ko'rsatadi.
Shuningdek, ushbu qurilma o'lchami 5 mm. dan kam bo'lgan ichak poliplarini aniqlashda yuqori diagnostik samaradorlikka ega bo'lib, bemorlar orasida nogironlikka olib keluvchi seliakiya kasalligini erta aniqlashda 'oltin standart' hisoblanadi.
Videokapsula endoskopiyani masofadan o'chirish, olingan natijalarni tahlil qilish uchun faqat zarur tasvirlarni alohida ko'rib chiqish imkoniyati mavjud.
Unda qo'shimcha portativ cho'ntak kompyuter bo'lib, shaxsiy kompyuterga simsiz ulash mumkin. Sensorli qulay jilletdan foydalanish esa butun tizim bilan ishlashni osonlashtiradi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu qurilma seliakiya, kelib chiqishi noma'lum bo'lgan anemiya yoki oshqozon-ichakdan qon ketishi, Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit, enterit, ichak ta'sirlanishi sindromi, ingichka ichak xavfsiz (poliplar) va xavfli o'smalari, shu jumladan, GIST va neyroendokrin o'smalar, noma'lum qorin og'rig'i va uzoq muddatli diareya hamda vazn yo'qotish kabi xastaliklarga tashxis qo'yishda qo'llaniladi.
Nurafshon shahrida 1000 ta qush uyasi oʻrnatish aksiyasi boshlandi
Otabek ISROILOV/'Xalq soʻzi'. Nurafshon shahrida Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan ekologik aksiya boshlandi. Tadbir doirasida shahar boʻylab 1000 ta qush uyasi oʻrnatilishi rejalashtirilgan.' Maqsadimiz Nurafshon shahrida qushlar va insonlar uchun qulay ekologik muhit, barqaror ekotizim yaratishdir, ' dedi Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov.Ekomutaxassislar tomonidan amaliy koʻrsatmalar berildi. Shundan soʻng volontyor yoshlar, ekofaollar shahar boʻylab qush
Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta
Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash javonlari oʻrnatildi
Xalqaro terminaldagi javon joʻnash terminalining 1-qavatida joylashgan boʻlib, 24 soat davomida ishlaydi. Yuklarni bir soat saqlash uchun narx uning hajmiga qarab 15 ming soʻmdan 40 ming soʻmgacha etib belgilangan. Yuklar uchun standart (60x50x80 sm), oʻrta (90x50x80 sm) va katta (180x50x80 sm) hajmdagi oʻlchamlar mavjud. Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlash javoni esa terminal ichida uchib ketish va uchib kelish zallari oʻrtasida joylashgan. U ham kun-u tun faoliyat koʻrsatad
Prezident xalqaro turizm markazining master-rejasini ko‘rib chiqdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni 'Sea Breeze Uzbekistan' xalqaro turizm markazining master-rejasi taqdimoti bilan tanishdi.Mamlakatimizdagi qulay investitsiya muhiti tufayli barcha sohalarga ilg'or g'oyalar kirib kelmoqda, yangi majmualar barpo etilmoqda. Xususan, turizmda so'nggi yillarda 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. O'tgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi. Birgina Toshkent viloyatining Bo'stonliq hududida Amirsoy va 'Ugam River' kabi kurort