calendar 24 Jan 15:03
eye 78
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qoʻshni Tojikiston bilan turizm sohasida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi

image
Shuningdek, bu yil viloyatda turizm sohasini jadal rivojlantirish uchun 3 ta turizm koʻchasi hamda 2 ta turizm mahallasi tashkil etiladi. Oʻz navbatida 20 dan koʻproq festivallar oʻtkazish ham koʻzda tutilmoqda. Ayni jarayonda turizm sohasida mamlakatimizning tarixiy shaharlari, qoʻshni mamlakatlar bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun izchil saʼy-harakatlar olib borilyapti.

Bu borada belgilangan chora-tadbirlar rejasi asosida Fargʻona viloyati turizm boshqarmasi tashabbusi bilan OAV xodimlari hamda tur firmalar vakillari uchun Tojikistonning chegaradosh hududlarida joylashgan turistik marshrutlar boʻylab sayohat uyushtirildi. Unda qoʻshni yurtning Xoʻjand viloyati tasarrufidagi Konibodom, Sugʻd va Istarafshon shaharlarida joylashgan tarixiy-madaniy obyektlar bilan yaqindan tanishildi.



Shu bilan birga tadbir qatnashchilari Tojikistonning mashhur 'Payshanba' bozori, Shayx Muslihiddin maqbarasi, Kamol Xoʻjandiy xiyoboni va uy muzeyi, Xoʻjand qalʼasi tarixiy obidasi, 'Arbob' madaniyat uyi, 'Mug' qalʼasi, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi 'Zari Sugʻd' korxonasi hamda milliy hunarmandchilikka ixtisoslashgan kasb-hunar kollejida boʻlib, oʻzaro tajriba almashdilar.

' Yaqin istiqbolda 'Oltin vodiy' turistik halqasi doirasida qoʻshni yurt sayyohlari uchun ekoturizm, tibbiyot turizmi, gastronomik turizm, agroturizm, ziyorat turizmi kabi yoʻnalishlarida bir qator loyihalar amalga oshiriladi, ' deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Ahmedov. ' Shu maqsadda qardosh Qirgʻiziston, Tojikistonning chegaradosh viloyatlari bilan turizm sohasida faol hamkorlik koʻlamini kengaytirish borasida katta saʼy-harakatlar olib borilyapti.

Botir MADIYOROV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
27
0
xs.uz

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni toʻxtatdi

'Uzbekistan Airways' Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxiriga qadar toʻxtatdi. Bu haqida aviakompaniya oʻzining rasmiy sahifalarida maʼlum qildi.Xabarda aytilishicha, Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 'Uzbekistan Airways' 2025-yil 16-iyundan 30-iyun kuniga qadar Toshkent ' Tel-Aviv ' Toshkent yoʻnalishidagi reyslarni vaqtincha toʻxtatgan.'Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytari

15 Jun 10:46
 
20
0
xs.uz

Fuqarodan yolgʻondan qarzdorlik uchun pul undirmoqchi boʻlgan xodim qoʻlga tushdi

Fargʻona viloyatida fuqaroga yolgʻon SMS yuborib, uni chuv tushirmoqchi boʻlgan suv taʼminoti korxonasi xodimi qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Fargʻona suv taʼminoti' AJ Margʻilon shahar filiali abonentlar boʻlimi operatori A.O. fuqaro Yo.M.ning xonadonida ichimlik suvi taʼminotidan qarzdorligi boʻlmasa-da, aholiga

17 May 21:46
 
35
0
xs.uz

“Oltin ilinji”dagi zavod xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi

'Oltin ilinji' nomi bilan tanilgan ushbu zavodda ishlovchi ikki nafar smena ustasi va bir nafar boʻlinma aparatchisi oldindan til biriktirib, yirik hajmdagi oltinni yashirish orqali talon-toroj qilishni rejalashtirgan.Ular ogʻirligi 2,5 kilogramm boʻlgan, tarkibida katta miqdorda oltin moddasi mavjud boʻlgan yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qoʻyishgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu harakatlar fosh qilinib, huquq-tartibot idoralari tomonidan da

04 Jun 02:44
 
114
0
xs.uz

Prezident choʻkayotgan qizchalarni qutqarib, halok boʻlgan fuqaroni mukofotladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning'maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev shu yilning 5-may kuni sodir boʻlgan mashʼum voqeada qahramonlarcha halok boʻlgan Abdumannop Samiqovni 'Jasorat' medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan.'Mard va jasur vatandoshimiz Abdumannop Samiqov oʻzini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa roʻy berdi ' bu ezgulik yoʻlida uning oʻzi qahramonlarcha halok boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, bu fido