O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

XXR hukumati rahbari ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli O'zbekiston-Xitoy munosabatlari barcha soha va yo'nalishlarda misli ko'rilmagan darajaga ko'tarilganini qayd etdi.
O'tgan yilda tovar ayirboshlash 50 foizga oshib, rekord ko'rsatkich ' 14 milliard dollarga yetdi. Bu ko'rsatkichni, shu jumladan yuqori sifatli sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini o'zaro yetkazib berishni ko'paytirish hisobiga 20 milliard dollarga yetkazish uchun salohiyat mavjudligi ta'kidlandi. Xitoydan O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 14 milliard dollardan oshdi.
Infratuzilmani modernizatsiya qilish, sanoat kooperatsiyasini, qishloq xo'jaligida texnologiyalar transferini kengaytirish va 'yashil' energetikani rivojlantirish bo'yicha alohida hamkorlik dasturlarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Xitoyning yetakchi bank-moliya institutlari bilan amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda Xitoy kompaniyalarining mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishi istiqbollari ko'rib chiqildi.
22-yanvar kuni Urumchi shahrida o'tgan birinchi O'zbekiston-Xitoy hududlar forumi va sanoat ko'rgazmasi natijalari yuqori baholandi.
Xitoyda shu kunlarda ta'lim forumi va O'zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o'tkazilayotgani qayd etildi. Tomonlar aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish muhimligini ta'kidladilar.
Yakunda Prezidentimiz XXR Davlat kengashi Bosh vazirini tashrif bilan O'zbekistonga kelishga taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad
Qurilish sohasini tartibga solish va shaharsozlik qoidalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi majlisi bo'lib o'tdi. Unda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog'ini rivojlantirish, shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Qo'mitaning ishchi guruhi tomonidan sohadagi amaldagi qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi o'rganildi. O'rganishlar natijasida qurilish sohasini tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqlar v
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz
Prezident Bobur shahrida oʻtkazilgan tantanali marosimda nutq soʻzladi
Avvalo, siz, azizlar bilan yurtimizda ko'klam nafasi kezib yurgan mana shunday fayzli kunlarda diydor ko'rishib turganimdan g'oyat mamnunman. Barchangizga o'zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.Hammangizga ma'lumki, inson qadrini ulug'lash, xalqimizning huquq va manfaatlarini ta'minlash, shu asosda odamlarni hayotdan rozi qilish ' Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadidir.Bugun jonajon Vatanimizning barcha viloyatlari, qishloq va ovullarida ana shu ulug' va