calendar 23 Jan 20:57
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

G‘azoda bino qulashi oqibatida 21 nafar Isroil askari halok bo‘ldi

image

G‘azo sektorining janubidagi portlashdan so‘ng bino qulashi oqibatida 21 isroillik askar halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Xagariy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, binoning qulashiga sabab bo‘lgan portlash HAMASning tankga qarshi qo‘lbola granatadan Isroil tankini o‘qqa tutishi oqibatida sodir bo‘lgan. Hagariyning aytishicha, Isroil harbiylarining hududdagi vazifasi HAMAS infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi binolarni yo‘q qilish bo‘lgan. Hujumga uchragan tank ushbu operatsiyani amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilar xavfsizligini ta’minlagan.

Hagariy halok bo‘lganlar orasida ko‘plab zaxiradagi askarlar ham bo‘lganini aytgan.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ushbu yo‘qotishni izohlar ekan, o‘z mamlakatining armiyasi to‘liq g‘alabaga qadar HAMASga qarshi kurashni davom ettirishini ma’lum qildi. Netanyaxuning va’da berishicha, G‘azo sektori janubidagi binoning qulashi oqibatida 21 askar halok bo‘lgan voqea tekshiriladi.

SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan beri halok bo‘lgan isroillik askarlar soni 219 nafarga yetgan. 1200 dan ortiq harbiy jarohatlangan. DPA agentligining qayd etishicha, 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga keng ko‘lamli hujumidan so‘ng halok bo‘lgan isroillik harbiy xizmatchilarning umumiy soni 556 kishini tashkil etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
280
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

17 May 21:47
 
281
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr

21 Apr 08:34
 
792
0
xs.uz

Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi

Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning 'TF1' telekanali xabar berdi.Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smen

12 Apr 21:15
 
55
0
xs.uz

Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning 'Bihar' hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida ha