calendar 23 Jan 16:08
eye 107
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqandda 164 ta yangi madaniy meros obyekti milliy roʻyxatga kiritiladi

image
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 'Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi qarori bilan viloyatda 1607 ta moddiy madaniy meros obyektlari roʻyxatga olingan. Ularning 973 tasi arxeologiya, 564 tasi arxitektura obyektlari, 36 tasi monumental sanʼat asarlari va 34 tasi diqqatga sazovor joylardir. Mavjud obyektlarning 1011 tasi respublika ahamiyatidagi, 596 tasi mahalliy ahamiyatdagi moddiy madaniy meros obyektlari boʻlib, ulardan 221 tasi shaxsiy mulkdagi turarjoy binolari hisoblanadi. Madaniy meros obyektlarining 483 tasi, yaʼni 30 foizi Samarqand shahrida joylashgan.

Madaniy merosni davlat tomonidan muhofaza qilish va davlat nazoratini oʻrnatish maqsadida 735 ta obyektda muhofaza belgilari, 244 tasida yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilgan. Madaniy meros obyektlarining 1467 tasida davlat kadastr hujjatlari shakllantirilib, ularga 845 nafar jamoatchi inspektor biriktirilgan. Moddiy-madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targʻib qilish, davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish, qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash hamda sohada doimiy ravishda davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida joylarga chiqilib, oʻrganishlar olib borilmoqda.



' Madaniy meros agentligiga taqdim etilgan 832 ta obyekt qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazildi va 818 ta obyektning pasporti shakllantirildi, ' deydi viloyat madaniy meros boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Ziyodulla Nasimov. ' Turizm obyekti sifatida xizmat qilishi mumkin boʻlgan 107 ta moddiy-madaniy meros obyekti roʻyxatga olindi. 130 ta yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan arxeologik madaniy meros obyektining roʻyxati shakllantirildi va 164 ta yangi arxeologik madaniy meros obyekti aniqlanib, ularni milliy roʻyxatga kiritish yuzasidan agentlikka taqdim etildi. Shuningdek, 22 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilish va taʼmirlash uchun 15 milliard 810 million soʻm mablagʻ ajratilib, 9 ta obyektda restavratsiya va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Joriy yil oxirigacha viloyatdagi 1607 ta shunday obyektni qayta xatlovdan oʻtkazish, 18 ta obyektda qurilish-taʼmirlash ishlarini yakunlash, sakkizta tarixiy obyektni sayyohlar tashrifiga tayyorlash hamda 756 ta obyektda muhofaza belgilari oʻrnatish rejalashtirilgan.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:51
 
580
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri

13 May 14:39
 
758
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
607
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

17 May 21:48
 
716
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz